Samsung | SM-R360 | Samsung SM-R360 Kullanım kılavuzu

SM-R360
Foydalanuvchi
qo‘llanmasi
Uzbek. 01/2017. Rev.1.3
www.samsung.com
Tarkiblar
Asosiy ma’lumotlar
Ilovalar
4
Avval meni o‘qing
6
O‘ram tarkibi
7
Qurilma qismlari
9Batareya
11 Gear-ni taqish
12 Gearni yoqish va o‘chirish
12 Gear-ni mobil qurilmaga ulash
14 Gear’dan mobil qurilmasiz foydalanish
15 Masofadan ulash
15 Ekranni yoqish va o‘chirish
15 Sensorli ekran
18 Ekranni navigatsiyalash
19 Asosiy ekran
23 Holat paneli
24 Ilovalar ekrani
25 Ekran blokini o‘rnatish
26 Qo‘ng‘iroqqa javob berish
27 Gear-ni yangilash
28 Salomatlikni boshqarish ilovalari
31 Musiqa pleyeri
33 24-soat jurnali
33Mashq
36Qadaml
37Qavatlar
38 Yurak puls
40Together
41Suv
42Kofein
43 Tel-imni top
44Taymer
44Sekundomer
Parametrlar
45Kirish
45Ko‘rsatish
46Vibratsiya
46Qurilma
47Ulanishlar
48 Ekran bloki
49 Quvvat tejash
50Profil
50 Salomatlik chaqiruvi
50 Gear ma’lumoti
51 Telefonga ulanish
2
Tarkiblar
Samsung Gear
52Kirish
53 Ekran yuzlari
53Bildirishnomalar
53 Ilovalar tuzilishi
54 Gear’ga musiqa yuborish
54Parametrlar
56 Gearimni topish
57 Samsung Galaxy Apps
Ilova
58
Nosozliklarni bartaraf etish
3
Asosiy ma’lumotlar
Avval meni o‘qing
Ushbu qurilmadan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish uchun uni ishlatishdan oldin ushbu qo‘llanmani o‘qib
chiqing.
• Tavsiflar qurilmaning birlamchi parametrlariga asoslangan.
• Hudud, model parametrlari yoki qurilma dasturiga qarab ba’zi tarkiblar mazkur qurilmadan farq
qilishi mumkin.
• Yuqori tezlikdagi Markaziy Protsessor va RAM ishlatilishini talab qiluvchi tarkib (yuqori sifatli tarkib)
qurilmaning umumiy unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibga bog‘liq bo‘lgan ilovalar qurilmaning
turi va ishlatilayotgan muhitiga qarab to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
• Samsung Samsung-dan boshqa ta’minotchilar tomonidan taqdim etilgan ilovalar sababli yuzaga
kelgan muammolar uchun javobgar emas.
• Samsung registrni yoki operatsion tizim dasturiy ta’minotini o‘zgartirish oqibatida yuzaga kelgan
nosozlik va nomutanosibliklar uchun javobgar bo‘lmaydi. Operatsion tizimni o‘zgartirishga
urinishlar Gear yoki ilovalarning to‘g‘ri ishlamasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Ushbu Gear bilan birga kelgan dasturiy ta’minot, ohang manbalari, fon rasmlari va boshqa
medialar cheklangan foydalanish uchun litsenziyalangan. Ushbu materiallardan tijorat yoki boshqa
maqsadlarda foydalanish mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzish hisoblanadi. Medianing
noqonuniy foydalanilishi bo‘yicha javobgarlik to‘laligicha foydalanuvchilar zimmasida.
• Gear bilan birgalikda taqdim etilgan birlamchi o‘rnatmali ilovalar ogohlantirishsiz yangilanishi va
o‘zgartirilishi mumkin. Gear bilan birga taqdim etilgan ilova bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, Samsung
xizmat ko‘rsatish markazi bilan bog‘laning. Foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan ilovalar uchun
xizmat ta’minotchilariga murojaat qiling.
• Gearga norasmiy manbadan olingan operatsion tizimni yoki dasturiy ta’minotni o‘rnatish Gearning
buzilishi, ma’lumot zararlanishi yoki yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu harakatlar Samsung
litsenziyasi kelishuvi shartlarini buzadi va kafolatni bekor qiladi.
• Gear-ga ulayotgan mobil qurilma ishlab chiqaruvchisi va modeliga qarab ushbu qo‘llanmada aytib
o‘tilgan ayrim funksiyalar tavsiflanganidek ishlamasligi mumkin.
• Ba’zi funksiyalar hudud yoki xizmat ta’minotchisiga qarab mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
4
Asosiy ma’lumotlar
Suv va chang o‘tkazmaslikni ta’minlash
Qurilmangiz suv va chang o‘tkazmaydi. Qurilmangizga suv va chang kirmasligi uchun quyidagi
maslahatlarga amal qiling. Buni bajarmaslik qurilmangizga zarar yetkazishi mumkin.
• Qurilmani 1,5 m dan ortiq chuqurlikka tushirmang va uni suv ichida 30 daqiqadan ortiq ushlab
turmang.
• Qurilmaning kuchli bosim bilan otilib chiqayotgan suvga tegishiga yo‘l qo‘ymang.
• Qurilma yoki qo‘llaringiz ho‘l bo‘lsa, qurilmani ushlashdan avval ularni quriting.
• Agar qurilma toza suvga tushsa, uni toza, yumshoq material bilan artib quriting. Agar qurilma
boshqa suyuqlikka, masalan, tuzli suv, ionli suv yoki spirtli ichimlikka tushib ketsa, uni darhol toza
suv bilan yuving va toza, yumshoq material bilan artib quriting. Agar bu yo‘riqnomalarga rioya
qilmasangiz, qurilma tezligi va uning ekraniga ta’sir qilishi mumkin.
• Qurilma tushib ketsa yoki u shikastlansa, qurilmaning suv va chang o‘tkazmaslik funksiyalariga
zarar yetishi mumkin.
• Agar qurilma suv yoki boshqa suyuqliklarda ishlatilsa, sensorli ekran va boshqa funksiyalar to‘g‘ri
ishlamasligi mumkin.
• Qurilmangiz nazorat qilingan muhitda sinovdan o‘tkazilgan hamda ma’lum bir sharoitda suv
va chang o‘tkazmaydigan sifatida sertifikatlangan (Xalqaro IEC 60529 standarti tomonidan
tavsiflangan IP68 sinflanishi talablariga mos keladi - Ilovalar [IP-kod] tomonidan taqdim etilgan
Himoya darajalari; sinov sharoiti: 15-35 °C, 86-106 kPa, 1,5 metr, 30 daqiqa davomida). Bunday
sinflanishga qaramay, ayrim vaziyatlarda qurilmangizga zarar yetishi ehtimoldan holi emas.
Qo‘llanmadagi belgilar
Ogohlantirish: boshqalarga yoki Sizga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar
Diqqat: qurilmangizga yoki boshqa moslamalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar
Qayd: eslatmalar, foydali maslahatlar yoki qo‘shimcha ma’lumotlar
5
Asosiy ma’lumotlar
O‘ram tarkibi
Quyidagi elementlar mavjudligini aniqlash uchun mahsulot qutisini tekshiring:
• Gear Fit2
• Quvvatlovchi dok-stansiya
• Foydalanuvchi uchun qisqa qo‘llanma
• Gearingiz bilan birga taqdim etiladigan elementlar va aksessuarlar hududingiz va xizmat
ta’minotchingizga qarab farq qilishi mumkin.
• Gear Fit2 ushbu qo‘llanmada Gear deb ham nomlangan.
• Gear bilan birga taqdim etilgan elementlar faqat ushbu Gear uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
boshqa qurilmalarga mos kelmasligi mumkin.
• Dizayn va texnik parametrlar ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
• Mahalliy Samsung do‘konlaridan qo‘shimcha aksessuarlarni xarid qilishingiz mumkin. Xarid
qilishdan oldin ular Gearga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan aksessuarlardan foydalaning. Tasdiqlanmagan
aksesuarlardan foydalanish unumdorlik muammolariga olib kelishi hamda qurilmaga zarar
yetkazishi mumkin va bular kafolat tomonidan qoplab berilmaydi.
• Foydalanish mumkin bo‘lgan aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan
o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanish mumkin bo‘lgan aksessuarlar haqida qo‘shimcha
ma’lumot olish uchun Samsung veb-saytiga tashrif buyuring.
6
Asosiy ma’lumotlar
Qurilma qismlari
Gear
Sensorli ekran
Orqaga tugmasi
Asosiy tugma (Quvvat
tugmasi)
Zaryadlash terminallari
Yurak urish tezligi sensori
• Bog‘ich toza ekanligiga ishonch hosil qiling. Chang va bo‘yoq kabi iflos qiladigan moddalar
bog‘ichga tozalab bo‘lmaydigan dog‘lar tushishiga olib kelishi mumkin.
• Egilgan ekran qayerdan qarayotganingiz asosida farqli ko‘rinishi mumkin.
7
Asosiy ma’lumotlar
Tugmalar
Tugma
Funksiya
• Gearni yoqish yoki o‘chirish uchun bosib turing.
• Ekranni yoqish uchun bosing.
Asosiy/Quvvat
• Gear-ni qayta ishga tushirish uchun kamida 7 soniya davomida
bosib turing.
• Soat ekranida bo‘lganingizda, ilovalar ekranini ochish uchun
bosing.
• Boshqa ekranda bo‘lganingizda, Soat ekranini ochish uchun
bosing.
Orqaga
• Avvalgi ekranga qaytish uchun bosing.
Quvvatlovchi dok-stansiya
Zaryadlash terminallari
Quvvatlovchi dok-stansiyani suvga tushirmang.
8
Asosiy ma’lumotlar
Batareya
Batareyani zaryadlash
Batareyani birinchi marta ishlatishdan oldin yoki u uzoq muddat davomida ishlatilmaganda, batareyani
zaryadlang.
Samsung tomonidan tasdiqlangan zaryadlash qurilmalari, batareyalar va kabellardan
foydalaning. Tasdiqlanmagan zaryadlash qurilmalari va kabellardan foydalanish batareyani
ishdan chiqarishi yoki Gear’ga zarar yetkazishi mumkin.
1 Zaryadlash kabelini USB-quvvat adapteriga ulang.
• Faqat Gear uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi dok-stansiyasidan foydalaning. Begona
zaryadlash qurilmasi yordamida Gear qurilmasini to‘g‘ri zaryadlab bo‘lmaydi.
• Zaryadlash qurilmasini noto‘g‘ri ulash qurilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Noto‘g‘ri
foydalanish oqibatida yuzaga kelgan har qanday zarar kafolat orqali qoplanmaydi.
2 USB-quvvat adapterini quvvat manbai uyasiga kiriting.
3 Zaryadlash terminallarini bir-biriga qaratgan holda Gear’ni quvatlovchi dok-stansiyaga joylashtiring.
4 Gear to‘liq zaryadlangandan so‘ng, uni quvvatlovchi dok-stansiyadan uzing. Keyin zaryadlash
qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqarib oling.
Elektr energiyasini tejash maqsadida zaryadlash qurilmasi ishlatilmayotganda, uni elektr toki
uyasidan uzib qo‘ying. Zaryadlash qurilmasi quvvatni yoqish/o‘chirish almashtirish moslamasiga
ega emas, shu sababli zaryadlash qurilmasi ishlatilmayotganda uni elektr toki uyasidan chiqarib
qo‘ying. Zaryadlash qurilmasi quvvat manbaiga yaqinroq joylashishi va zaryadlash vaqtida
undan foydalanish qulay bo‘lishi lozim.
9
Asosiy ma’lumotlar
Batareya sarfini kamaytirish
Gear-ingiz Sizga batareya quvvatini tejashga yordam beradigan turli opsiyalarni taqdim etadi.
• Gear-dan foydalanmayotganingizda, ekranni kaftingiz bilan yopish orqali uyqu rejimiga o‘ting.
• Quvvat tejash rejimini yoqing.
• Bluetooth funksiyasi ishlatilmayotganda, uni o‘chirib qo‘ying.
• Wi-Fi funksiyasi ishlatilmayotganda, uni o‘chirib qo‘ying.
• Ekran yorqinligini pasaytirish.
• Soat har doim faol funksiyasini o‘chiring.
• Mobil qurilmada Samsung Gear dagi bildirishnoma parametrlarini sozlang.
Batareyani zaryadlash haqida maslahat va ogohlantirishlar
• Agar zaryadlash terminallari ustiga dog‘ yoki suyuqlik tushsa, terminallar zanglashi mumkin.
Batareyani quvvatlashdan oldin terminallarni tozalab oling.
• Agar batareya butunlay quvvatsizlangan bo‘lsa, zaryadlash qurilmasi ulangandan so‘ng bir muncha
vaqt davomida Gearni yoqib bo‘lmaydi. Gearni yoqishdan oldin quvvati qolmagan batareyani bir
muncha vaqt davomida zaryadlang.
• Agar bir vaqtda bir nechta ilovadan foydalansangiz, batareya quvvati tez sarflanadi. Ma’lumot
uzatilayotganda o‘chib qolmasligining oldini olish uchun bu ilovalardan batareya quvvati to‘la
bo‘lganda foydalaning.
• Kompyuter kabi zaryadlash qurilmasidan boshqa quvvat manbaidan foydalanish pastroq joriy elektr
quvvati sababli zaryadlash sekinroq amalga oshiriladi.
• Agar Gear multi-zaryadlash qurilmasi orqali boshqa qurilmalar bilan zaryadlanayotgan bo‘lsa,
zaryadlash ko‘proq vaqtni olishi mumkin.
• Zaryadlash vaqtida Gear olayotgan elektr quvvati o’zgarib turadigan bo‘lsa, sensorli ekran
ishlamasligi mumkin. Agar bu sodir bo‘lsa, Gear’ni quvvatlovchi dok-stansiyadan uzing.
• Zaryadlash vaqtida Gear qizishi mumkin. Bu oddiy holat va u Gearning xizmat qilish muddati yoki
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar batareya odatdagidan ko‘proq qizib ketsa, zaryadlash
qurilmasi zaryadlashni to‘xtatadi.
• Agar Gear to‘g‘ri zaryadlanmayotgan bo‘lsa, Gear-ni Samsung Xizmat ko‘rsatish markaziga olib
boring.
• Qayrilgan yoki zararlangan zaryadlash kabelidan foydalanmang.
10
Asosiy ma’lumotlar
Gear-ni taqish
Gear-ni taqing.
Qisqichni oching va bog‘ichni bilagingizga taqing. Bog‘ichni bilagingizga qulay holda taqib, keyin undagi
moslamani kerakli teshikka tiqing.
Bog‘ichni ortiqcha qismang. Bunday qilish Gearga shikast yetkazishi mumkin.
• Gear yordamida yuragingiz urish tezligini aniqroq hisoblash uchun Gearni qo‘lingizni pastki
qismiga shundoqqina bilagingizgiz ustiga taqing. Tafsilotlar uchun Gear-ni to‘g‘ri taqish ga
qarang.
• Bog‘ichni almashtirish uchun Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Bog‘ich bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
• Gear-ni taqayotganda ehtiyot bo‘ling. Agar teringiz ta’sirchan bo‘lsa yoki Gear juda qisib taqilgan
bo‘lsa, noqulayliklarni his qilishingiz mumkin.
• Ayrim insonlar Gear-ni uzoq muddat davomida taqib yurganida noqulayliklarni his qilishi mumkin.
• Bog‘ich uzoq muddat davomida sovun, shira, allergiya keltirib chiqaradigan yoki changda tursa, u
terida allergiyani qo‘zg‘ashi mumkin.
• Gear’ni bilagingizga qattiq qisgan holda taqmang. Qurilma quruq va toza ekanligiga ishonch
hosil qiling. Bu qurilma xalqaro xavfsizlik standartlariga javob bersa ham, ayrim allergiyasi bor
foydalanuvchilar terisida allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin.
11
Asosiy ma’lumotlar
Gearni yoqish va o‘chirish
Gear-ni yoqish uchun quvvat tugmasini bir necha soniya davomida bosib turing. Gear-ni birinchi marta
yoqqaningizda qayta yuklayotganingizda, qalqib chiquvchi oyna paydo bo‘ladi. Mobil qurilmangizda
Samsung Gear ilovasini yuklab olish va o‘rnatish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga rioya qiling. Tafsilotlar
uchun Gear-ni mobil qurilmaga ulash ga qarang.
Gear-ni o‘chirish uchun quvvat tugmasini bosib turing va undan so‘ng Quvvat o‘ch. ga teging.
Samolyot va shifoxonalar kabi simsiz qurilmalardan foydalanish ta’qiqlangan joylarda ruxsat
berilgan xodimlar tomonidan qo‘yilgan ogohlantirish va yo‘nalishlarga rioya qiling.
Gear-ni mobil qurilmaga ulash
Samsung Gear ilovasini o‘rnatish
Gear-ni mobil qurilmaga ulash uchun mobil qurilmada Samsung Gear ilovasini o‘rnating. Qurilmaga
qarab Samsung Gear ilovasini quyidagi resurslardan yuklab olishingiz mumkin:
• Samsung Android qurilmalari: Galaxy Apps, apps.samsung.com/gear
• Boshqa Android qurilmalar: Play Market, apps.samsung.com/gear
• iOS qurilmalar: App Store
Samsung Gear ilovasini Gear sinxronishini qo‘llab-quvvatlamaydigan mobil qurilmalarda o‘rnata
olmaysiz. Mobil qurilmangiz Gearga mos kelishini tekshiring.
12
Asosiy ma’lumotlar
Bluetooth orqali ulash
Gear 1 Gear-ni yoqing.
U avtomatik tarzda Bluetooth bog‘lanish rejimiga kiradi.
Mobil qurilma 2 Ilovalar ekranida Samsung Gear ga teging.
Zarur bo‘lsa, Samsung Gear ilovasini so‘nggi versiyaga yangilang.
3 GEAR’GA ULANISH ga teging.
4 Bluetooth’ni faollashtirish oynasi paydo bo‘lganda OK tugmasiga teging.
5 Ulanishni yakunlash uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga rioya qiling.
Qurilmalar ulangan vaqtda Gear ekranida ko‘satmalar paydo bo‘ladi. Gear-ning asosiy boshqaruv
elementlarini o‘rganish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga rioya qiling.
• Qurilma va dasturiy ta’minot versiyasiga qarab ulanish usullari va ekran rasmlari farq qilishi
mumkin.
• Mintaqa, xizmat ta’minotchisi va qurilma ishlab chiqaruvchisiga qarab qo‘llabquvvatlanadigan qurilmalar va funksiyalar farq qilishi mumkin. Mos qurilmalarni ko‘rib
chiqish uchun www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.
• Gear’ning barcha funksiyalaridan to‘liq foydalanish uchun S Health ilovasini so‘nggi versiyaga
yangilang.
• Agar hozir boshqa Gear-ni ishlatayotgan bo‘lsangiz, uni mobil qurilmadan uzishingiz va uni
yangisiga ulahsingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Yangi Gear-ni ulash ga
qarang.
13
Asosiy ma’lumotlar
Gear-ni yangi mobil qurilmaga ulash
Gear-ni boshqa mobil qurilmaga ulaganingizda, qalqib chiquvchi oyna Sizdan Gear-ni qayta yuklashni
so‘raydi. Gear-dagi muhim ma’lumotlar saqlanganligiga ishonch hosil qiling.
1 Ulangan mobil qurilmangizda Gear ma’lumotlarini arxivlang.
Mobil qurilmangizda ilovalar ekranini oching va Samsung Gear → Parametrlar → Arxivlash va
tiklash → Ma’lumotni arxivlash ga teging.
2 Gear va mobil qurilma o‘rtasidagi ulanishni tugating. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Gear’ni
ulash yoki uzish ga qarang.
3 Gear-ni boshqa mobil qurilmaga ulang.
Agar Siz ulanmoqchi bo‘lgan mobil qurilma boshqa Gear-ga ulangan bo‘lsa, Gear-ingiz ulanishni
yarata olmaydi. Mobil qurilmangizni avval ulangan Gear-dan uzing va uni joriy Gear-ga ulang.
Gear’dan mobil qurilmasiz foydalanish
Gear’dan uni mobil qurilmaga ulamagan holda foydalanishingiz mumkin. Gear’dan ilk marotaba
foydalanganda yoki uni zavod parametrlariga qaytarganda, uni mobil qurilmasiz ishlaydigan qilib
sozlashingiz mumkin. Ba’zi funksiyalar mavjud emas.
1 Gear-ni yoqing.
2 Gear'ni telefonga ulamasdan ishlatish ga teging.
3 Tilni tanlang.
4 Muddat va shartlarni o‘qib chiqing, shundan so‘ng ularga rozilik bildiring.
5 Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun PIN-kodni sozlash ko‘rsatmalariga rioya qiling.
14
Asosiy ma’lumotlar
6 Ma’lumotlarni arxivlash va qayta tiklash uchun foydalaniladigan PIN-kodni yarating.
7 Vaqt va sanani sozlasng.
Gear’dan mobil qurilmasiz foydalanganda, uni mobil qurilmaga ulash uchun Telefonga ulanish
ga qarang.
Masofadan ulash
Bluetooth ulanishi mavjud bo‘lmaganda, Gear-ni mobil qurilmangizga masofadan ulashingiz mumkin.
Ushbu ulanish yordamida mobil qurilmangizdan bildirishnomalarni olishingiz mumkin. Mobil
qurilmangizda ilovalar ekranini oching, Samsung Gear → Parametrlar → Gear ulanishi ga teging va
undan so‘ng Masofaviy ulanish yoqish tugmasiga teging.
Ekranni yoqish va o‘chirish
Ekranni yoqish uchun asosiy tugma yoki orqaga tugmasini bosing.
Ekranni o‘chirish uchun uni kaftingiz bilan yoping. Gear ma’lum bir vaqt davomida ishlatilmasa, ekran
o‘chadi.
Shuningdek, ishora orqali ekranni yoqishingiz yoki o‘chirishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish
uchun Qurilma ga qarang.
Sensorli ekran
• Sensorli ekranning boshqa elektr toki qurilmalariga tegishiga yo‘l qo‘ymang. Elektrostatik
to‘qnashuvlar sensorli ekranga zarar yetkazishi mumkin.
• Sensorli ekran shikastlanishini oldini olish uchun unga tig‘li narsa bilan tegmang yoki uning
ustiga barmog‘ingiz bilan qattiq bosmang.
Gear uning chetlarida, ya’ni sensorli kiritish sohasidan tashqarida amalga oshirilgan tegishlarni
sezmasligi mumkin.
15
Asosiy ma’lumotlar
Tegish
Ilovani ochish, menyu elementini tanlash yoki ekrandagi tugmani bosish uchun unga barmog‘ingiz bilan
teging.
Bosib turish
Tahrirlash rejimiga kirish yoki mavjud opsiyalarni ko‘rish uchun ekranni ikki soniyadan ko‘proq bosib
turing.
16
Asosiy ma’lumotlar
Tortib o‘tkazish
Elementni ko‘chirish uchun bosib turing va uni yakuniy joyga tortib o‘tkazing.
Surish
Boshqa panellarni ko‘rish uchun chap yoki o‘ngga suring. Shuningdek, bildirishnomalar tafsilotlarini
ko‘rish uchun ekranni yuqoriga yoki pastga aylantirishingiz ham mumkin.
17
Asosiy ma’lumotlar
Ekranni navigatsiyalash
Soat va ilovalar ekranini almashtirish
Soat ekranida ilovalar ekranini ochish uchun asosiy tugmani bosing.
Soat ekranida bo‘lmaganingizda, Soat ekraniga qaytish uchun asosiy tugmani bosing.
Avvalgi ekranga qaytish
Orqaga tugmasini bosing.
18
Asosiy ma’lumotlar
Asosiy ekran
Kirish
Asosiy ekran bir nechta panellarga ega bo‘lishi mumkin. Soat ekrani asosiy ekranning boshlanish nuqtasi.
Bildirishnoma yoki vidjet kabi elementlarni ko‘rish uchun ekranni chap yoki o‘ngga aylantiring.
Soat
Bildirishnomalar
Vidjetlar
Vidjetlar
qo‘shish.
Dasturiy ta’minot versiyasiga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lgan vidjetlar, bildirishnomalar va
ularning tartibi farq qilishi mumkin.
Bildirishnomalar paneli
Mobil qurilmangizdan kelgan hodisa, bildirishnoma va xabarlar yordamida hamma narsadan xabardor
bo‘ling. Mobil qurilmada Gear’ning bildirishnoma parametrlarini sozlashingiz mumkin. Qo‘shimcha
ma’lumot olish uchun Bildirishnomalar ga qarang.
19
Asosiy ma’lumotlar
Kiruvchi bildirishnomalarni ko‘rib chiqish
Bildirishnoma olinganda unga tegishli ma’lumotlar (masalan, bildirishnoma turi) ekranda ko‘rsatiladi.
Tafsilotlarni ko‘rish uchun bildirishnomaga teging. Tekshirilmagan bildirishnomalar mavjud bo‘lsa,
ekranda to‘q sariq nuqta ko‘rsatiladi.
Gear-da dinamik yo‘q, shu sababli Gear bildirishnoma kelganda Gear vibratsiyalaydi va Siz hech
qanday ohangni eshitmaysiz. Vibratsiya parametrlarini sozlash uchun Vibratsiya dan qo‘shimcha
ma’lumotlarni oling.
Bildirishnoma turiga qarab, unga tegishli tafsilotlarni bildirishnoma ekranida KO‘PROQ O‘QISH ni
boshish orqali ko‘rishingiz mumkin.
Agar xabar uzun matn yoki biriktirmalarni o‘z ichiga olsa, mobil qurilmangizda xabar
tafsilotlarini tekshiring.
Boshqa bildirishnomalarni ko‘rib chiqish
Bildirishnoma ro‘yxatini ko‘rish uchun soat ekranida o‘ng tomonga suring. Boshqa ilovalarga tegishli
bildirishnomalarni ko‘rish uchun bildirishnoma ro‘yxati ekranida yuqoriga suring.
20
Asosiy ma’lumotlar
Bildirishnomalarni bloklash
1 Bloklamoqchi bo‘lgan ilovangizdan bildirishnomani tanlang.
2 Tafsilotlarini ko‘rish uchun bildirishnomaga teging.
3 Ekranda yuqoriga suring va Ilovani blokla ga teging.
Gear ilovadan bildirishnomalarni olmaydi.
Gear-da maxsus ilovalardan kelgan bildirishnomalarni bloklashingiz mumkin. Gear-da birorta
ham bildirishnoma olmaganingizda, mobil qurilmangiz orqali bildirishnomalarni bloklang.
Mobil qurilmangizda ilovalar ekranini oching Samsung Gear → Bildirishnomalar → Bildirishlarni boshqar ga teging.
Soat ekrani
Joriy vaqtni ko‘rib chiqish. Qadamlaringiz soni, yurak urishingiz tezligi va boshqalarni ham tekshirishingiz
mumkin.
Soat ekranida bo‘lmaganingizda, Soat ekranini ochish uchun asosiy tugmani bosing.
Soat yuzini o‘zgartirish
Soat ekranini bosib turing, shundan keyin siferblatni tanlash uchun ekranni chap yoki o‘ngga suring.
Uslublash ga tegish orqali ham soatni sozlashingiz mumkin.
Mobil qurilmangizda Gear-ning soat yuzini o‘zgartirishingiz mumkin. Mobil qurilmada ilovalar ekranini
oching, Samsung Gear → Ekran yuzlari ga teging.
21
Asosiy ma’lumotlar
Vidjetlar
Asosiy ekranga vidjetlar qo‘shishingiz mumkin. Vidjetlar - bu ma’lumot va qulay kirish imkoniyatini
taqdim etish uchun cheklangan funksiyalarni taklif qiluvchi kichkina ilovalar. Quyidagi ilovalardan
birlamchi ravishda foydalanishingiz mumkin.
24-soatli faoliyat
jurnali
Mashq
Qadamlar
Qavatlar
Vidjetlar qo‘shish
Asosiy ekranga ko‘proq vidjetlar qo‘shishingiz mumkin.
ga teging va vidjet tanlang. Tanlangan vidjet yangi panelda paydo bo‘ladi.
Vidjetlarni olib tashlash
Vidjetni bosib turing va undan so‘ng
ga teging.
22
Yurak tezligi
Asosiy ma’lumotlar
Holat paneli
Bu panel joriy holatni ko‘rish uchun asosiy parametrlarni sozlash imkonini beradi. Hozirgi faoliyatingiz
holatini ham tekshirishingz ham mumkin.
Soat ekranida ekranni yuqoridan pastga suring.
Indikator ikonachalari
Bezovta qilmang
Yorqinlik
Musiqa pleyeri
Joriy faoliyat holati
Indikator ikonachalari
Indikator ikonachalari ekranning yuqori qismida paydo bo‘ladi. Quyidagi jadvalda berilgan eng asosiy
ikonachalari bilan tanishib chiqing.
Regionga qarab ko‘rsatilgan indikator ikonachalari farq qilishi mumkin.
Ikonacha
Ma’nosi
Bluetooth ulandi
Bluetooth uzildi
Bluetooth quloqligi ulandi
Wi-Fi ulangan
Batareya quvvati darajasi
23
Asosiy ma’lumotlar
Musiqa tinglash
Gear yoki mobil qurilmada saqlangan musiqani qo‘yishingiz mumkin.
Holat panelida
ga teging.
Bezovta qilmang rejimi
Gear-ni bildirishnoma olinganda vibratsiya chalmaydigan va ekranni yoqmaydigan qilib sozlashingiz
mumkin. Budilniklar normal ishlashda davom etadi.
Holat panelida
ga teging.
Soat ekranining yuqorisida
ikonachasi paydo bo‘ladi.
Yorqinlikni sozlash
Muhitga moslash uchun Gear ekrani yorqinligini sozlashingiz mumkin.
Holat panelida
ga teging va
yoki
ga tegish orqali yorqinlikni sozlang.
Yorqinlikni sozlash ekranida tashqarida rejimiga kirish uchun bosing yoki yorqinlik darajasini eng
yuqorisiga sozlang. Tashqarida rejimida maksimal yorqinlik darajasi 5 daqiqa saqlanadi.
Ilovalar ekrani
Ilovalar ekrani barcha ilovalar uchun ikonachalarni aks ettiradi.
Soat ekranida ilovalar ekraniga o‘tish uchun asosiy tugmani bosing.
Barcha ilovalarni ko‘rish uchun ekranda yuqoriga yoki pastga suring.
24
Asosiy ma’lumotlar
Ilovalarni ochish
Ilovalar ekranida ilovani ochish uchun ilova ikonachasini tanlang.
Elementlarni ko‘chirish
Ilovalar ekranida ekranni bosib turing, ilovaga tegib turing va uni kerakli joyga tortib o‘tkazing.
Shuningdek, mobil qurilmangizda Gear ilovalari tartibini o‘zgartirishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot
olish uchun Samsung Gear ilovasidagi Ilovalar tuzilishi ga qarang.
Ilovalarni o‘rnatish
Gear uchun maxsus ishlab chiqilgan ilovalarni xarid qilishingiz va yuklab olishingiz mumkin. Bu
funksiyadan foydalanish uchun Gear va mobil qurilmangiz ulangan bo‘lishi lozim.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Samsung Galaxy Apps ga teging. Ilovalarni toifa
bo‘yicha ko‘rib chiqing yoki kalit so‘z bo‘yicha qidiring.
Ilovalarni olib tashlash
Ilovalar ekranida ekranni bosib turing.
ikonachasi olib tashlashingiz mumkin bo‘lgan ilovalarda
paydo bo‘ladi. Ilovani tanlang va
ga teging.
Mobil qurilma orqali Gear-dan ilovalarni olib tashlashingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun
Samsung Gear ilovasidagi Ilovalarni olib tashlash ga qarang.
Ekran blokini o‘rnatish
Gear-ni taqmaganingizda, unga boshqalarning kiritishiga yo‘l qo‘ymang. Ekran bloki funksiyasini
yoqqan bo‘lsangiz, Gear-ni yechganingizda u faollashadi. Bu funksiya faollashtirilgandan so‘ng ekranni
yoqqaningizda, Gear qulfni ochish kodini talab qiladi.
PIN-kodni o‘rnatish
Ilovalar ekranida Parametrlar → Ekran bloki → Ekran blk. turi → PIN-kod ga teging.
PIN-kod faqat raqamlardan tashkil topadi. To‘rtta raqamni kiriting va undan so‘ng uni tasdiqlash uchun
PIN-kodni qayta kiriting.
25
Asosiy ma’lumotlar
Gearni blokdan chiqarish
Ekranni yoqing va blokdan chiqarish kodini kiriting.
Bu funksiyani o‘chirish uchun ilovalar ekranida Parametrlar → Ekran bloki → Ekran blk. turi ga teging,
PIN-kodni kiriting va undan so‘ng Yo‘q ga teging.
Qo‘ng‘iroqqa javob berish
Qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishingiz yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun bildirishnomalarni olishingiz
mumkin. Faqat ulangan mobil qurilmada qo‘ng‘iroq suhbatlarini amalga oshirilishi mumkin.
Qo‘ng‘iroqqa javob berish
ga teging va uni pastga torting. Qo‘ng‘iroq funksiyasi mobil qurilmangizda
Kiruvch qo‘ng‘iroq paytida
avtomatik ravishda ishga tushiriladi. Suhbatlashish uchun mobil qurilmangizdan foydalaning.
Qo‘ng‘iroqni rad etish
Kiruvchi qo‘ng‘iroqni rad eting va qo‘ng‘iroq qiluvchiga rad etish xabarini yuboring.
Kiruvch qo‘ng‘iroq paytida
ga teging va uni yuqoriga torting. Qo‘ng‘iroq qiluvchiga rad etish xabarini
yuborish uchun XBR B-N RAD ET. ga teging va xabarni tanlang.
O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar
Agar qo‘ng‘iroq o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, ekranda bildirishnoma paydo bo‘ladi. O‘tkazib yuborilgan
qo‘ng‘iroq bildirishnomalarini ko‘rib chiqish uchun soat ekranida o‘ngga suring.
Gear’dan telefon suhbatlari yoki qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun foydalana olmaysiz.
26
Asosiy ma’lumotlar
Gear-ni yangilash
Gear dasturiy ta’minoti eng oxirgi versiyaga yangilanishi mumkin.
Simsiz yangilash
Simsiz FOTA xizmati orqali Gear to‘g‘ridan-to‘g‘ri oxirgi versiyaga yangilanishi mumkin.
1 Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear ga teging.
2 Parametrlar ga teging.
3 Gear haqida → Gear dasturini yangilanish → Hozir yangilash ga teging.
4 YUKLAB OLISH ga teging va dasturning so‘nggi versiyasini mobil qurilmangizga yuklab oling.
5 Ekrandagi ko‘rsatmalarni o‘qing va HOZIR O‘RNATISH ga teging.
Gear mobil qurilmangizdagi yangilangan dasturiy ta’minotdan nusxa oladi va qayta ishga tushiradi.
Mavjud yangilashlar mavjudligini avtomatik tekshirish uchun Yangilash avto-tekshiruvi yoqish
tugmasiga teging. Yangilanishlar qurilma Wi-Fi tarmoqqa ulangandagina yuklab olinadi.
27
Ilovalar
Salomatlikni boshqarish ilovalari
Kirish
Salomatlik va jismoniy holatingizni kuzatish hamda boshqarish uchun pedometr, mashq va yurak urish
tezligi ilovalaridan foydalaning. Jismoniy holat rejalarini o‘rnating va doimiy ravishda yozib boring va
o‘zgarishlarni tekshiring.
Gear mos keladigan S Health ilovasi bilan sinxronlanganda, qo‘shimcha funksiyalardan foydalanishingiz
mumkin. Qo‘shimcha funksiyalar yurak urish tezligi qaydlarini va boshqalarni tekshirishni o‘z ichiga oladi.
• 24-soatli faoliyat jurnali, qadamlar, mashq, yurak urish tezligi, suv, kofein va Together ilovalari
faqat dam olish, salomatlik va jismoniy holatni yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Ular tibbiy
maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu funksiyalarni ishlatishdan oldin
ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qib chiqing.
• Gear Fit2, Gear Fit2 dasturiy ta’minoti yoki unga avvaldan o‘rnatilgan biror ilova orqali olingan
har qanday ma’lumot muayyan maqsadga mos, aniq, to‘liq yoki ishonchli bo‘lmasligi ham
mumkin.
Gear-ni to‘g‘ri taqish
Yuragingiz urish tezligini hisoblayotganda, Gear qurilmasini shaklda ko‘rsatilganidek bilagingiz ustiga
mahkam taqing. Gearni juda qattiq qismang.
<Orqa>
Yurak urish tezligi sensori
28
Ilovalar
• O‘lchash sharoiti va muhitiga qarab yurak urish tezligi sensori aniqligi pasayishi mumkin.
• HR funksiyasidan faqat yuragingiz urish tezligini hisoblash uchun foydalaning.
• Yurak urish tezligi sensoriga tik qaramang. Bunday qilish ko‘rish qobiliyatingizga zarar
yetkazishi mumkin. Bolalarning chiroqlarga tik qarashiga yo‘l qo‘ymang.
• Sovuq havo ham o‘lchash natijasiga ta’sir qilishi mumkin; qish yoki sovuq kunlarda yuragingiz
urish tezligini o‘lchayotganingizda, tanangizni issiq tuting.
• Yurak urish tezligini o‘tirgan va bo‘sh turgan holda hisoblang. Yurak urish tezligi
hisoblanayotganda tanangizni qimirlatmang. Bunday qilish yuragingiz urish tezligining
noto‘g‘ri hisoblanishiga olib kelishi mumkin.
• Agar hisoblash kutilgan yurak urish tezligidan katta farq qiladigan natijani bersa, 30 daqiqa
davomida dam oling va undan so‘ng uni qayta hisoblang.
• Hisoblashlarni amalga oshirishdan oldin tamaki chekish yoki spirtli ichimlik iste’mol
qilganingizdagi yurak urish tezligingiz normal holatingizdagi tezlikdan farq qilishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
• Yurak urish tezligi hisoblanayotganda, gapirmang, esnamang yoki chuqur nafas olmang.
Bunday qilish yuragingiz urish tezligining noto‘g‘ri hisoblanishiga olib kelishi mumkin.
• Yurak urish tezligi sensori yurak urish tezligini hisoblash uchun yorug‘likdan foydalanishi
sababli, uning aniqlik darajasiga yorug‘lik so‘rilishi va qaytarilishiga ta’sir qiluvchi qon
aylanishi/qon bosimi, teri holati va joylashuvi hamda qon tomurlarining zich joylashganligi
kabi jismoniy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shimcha ravishda, agar yuragingiz urish tezligi
juda yuqori yoki juda past bo‘lsa, natija noaniq bo‘lishi mumkin.
• Ingichka bilakli foydalanuvchilarning yurak urish tezligi hisoblashlari aniq chiqmasligi
mumkin, yorug‘likning notekis qaytarilishi bunga sabab bo‘ladi. Agar yurak urish tezligini
hisoblash to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa, qurilmaning yurak urish tezligi sensorini bilagingizda
o‘ng, chap, yuqori yoki pastga suring, yoki qurilmani shunday suringki, yurak urish tezligi
sensori bilagingizning ichki tomoniga o‘rnashsin.
• Agar yurak urish tezligi sensori iflos bo‘lsa, sensorni arting va qayta urinib ko‘ring. Qurilma
bog‘ichi va bilagingiz orasida tuk, kir yoki boshqa yot jismlar kabi to‘siqlar yorug‘likning
notekis tushishiga olib kelishi mumkin. Foydalanishdan oldin bunday to‘siqlar yo‘qligiga
ishonch hosil qiling.
• Agar qurilmangiz qizib ketsa, uni soviguniga qadar olib tashlang. Qurilmaning qizib ketgan
yuzani teriga tekkizish teri kuyishiga olib kelishi mumkin.
29
Ilovalar
Qo‘shimcha ma’lumot
• Bunday ma’lumotlarni to‘plash maqsadi Siz so‘ragan xizmatni taqdim etish, jumladan,
salomatligingizni yaxshilash haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish, ma’lumotlarni
arxivlash/sinxronlash, ma’lumot tahlili va statistikasi, yoki xizmatni yaxshilash yoki yaxshiroq xizmat
etish bilan cheklanadi. (Lekin, agar Siz S Health dan Samsung hisob qaydnomangizga kirsangiz,
ma’lumotlaringiz arxivlash maqsadlarida serverda saqlanishi mumkin.) Shaxsiy ma’lumotlar bunday
maqsaqlar yakunlanguniga qadar saqlanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar bilan ulashgan yoki saqlash
qurilmalariga uzatgan ma’lumotlarni yo‘q qilish uchun elementni alohida yo‘q qilishingiz lozim.
• Ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqalarga uzatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ishlatilishi uchun Siz to‘liq
javobgar hisoblanasiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqalar bilan ulashayotganingizda ehtiyot
bo‘ling.
• Gear mobil qurilmaga ulangan bo‘lsa, to‘g‘ri amalni tasdiqlash uchun kommunikatsiya
bayonnomasini tasdiqlang. Agar Siz Bluetooth kabi simsiz ulanishdan foydalansangiz, Gear-ga
boshqa qurilmalarning elektr magniti xalal berishi mumkin. Gear-ni radio to‘lqinlarni chiqaruvchi
boshqa qurilmalar yonida ishlatmang.
• Ilovaning dasturiy ta’minot versiyasiga qarab S Health ilovasidagi tarkib farq qilishi mumkin. Ilova
tomonidan ta’minlangan xizmatlar ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi yoki ularning qo‘llab-quvvatlanishi
bekor qilinishi mumkin.
• Mintaqangizdagi mahalliy qonun-qoidalarga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan S Health
funksiyalari farq qilishi mumkin.
• Mintaqangizga qarab S Health-ning ba’zi funksiyalari taqdim etilmasligi mumkin.
• S Health funksiyalari faqatgina jismoniy holat va ma’lumotnoma maqsadida foydalanish uchun
mo‘ljallangan va u kasallikka tashxis qo‘yish, uni davolash, og‘riqni kamaytirish, tuzatish yoki oldini
olish uchun mo‘ljallanmagan.
• Har xil uzunlikdagi qadamlar, joyida qadam bosish va aylanib yurish sababli hisoblangan
masofa haqiqiy masofadan farq qilishi mumkin.
• Faqat oxirgi 28 kunga tegishli qaydlar saqlanadi. S Health ilovasi o‘rnatilgan mobil qurilmada
avvalgi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.
30
Ilovalar
Musiqa pleyeri
Kirish
Gear va mobil qurilmada saqlangan musiqani tinglang.
Musiqa tinglash
Ilovalar ekranida Musiqa pleyeri ga teging.
Ovoz balandligini sozlash.
Qo‘shimcha opsiyalarga kirish.
Ijroni to‘xtatib turish va davom ettirish.
Hozirda ijro etayotgan faylni boshidan
qo‘yish yoki avvalgi faylga o‘tish.
Keyingi faylga o‘tish.
Mobil qurilmangizda musiqa qo‘yish
Musiqa qo‘yiladigan mobil qurilmani tanlaganingizda, Gear-ingiz yordamida musiqa ijrosini
boshqarishingiz mumkin. Musiqa mobil qurilmangizda qo‘yiladi.
1 Ilovalar ekranida Musiqa pleyeri ga teging.
2 → Mus. manbai: Telefon ga teging.
Gear musiqa nazoratchisi ekranini aks ettiradi.
3 Musiqa qo‘yish uchun
ga teging.
Musiqa mobil qurilmangizda qo‘yiladi.
Ovoz balandligini sozlash yoki ovozni o‘chirish uchun
31
ga teging.
Ilovalar
Musiqani import qilish
Qurilmangizda saqlangan musiqani Gear’ga import qiling.
1 Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear ga teging.
2 Gear’ga musiqa yuborish ga teging.
3 Treklarni tanlash ga teging.
4 Fayllarni tanlang va BAJARILDI ga teging.
Yaqinda orada mobil qurilmaga qo‘shilgan musiqalarni Gear bilan sinxronlash uchun Avtosinxronlash yoqqichiga teging vaAvtomatik sinxronlash qalqib chiquvchi oynasida OK ga teging. Gear
zaryadlanayotganda, musiqalar sinxronlanadi.
Gear’da musiqa qo‘yish
Gear’da musiqalarni ham tinglashingiz mumkin. Gear’da saqlangan musiqani tinglash uchun Bluetooth
quloqligini ulashingiz lozim.
1 Ilovalar ekranida Musiqa pleyeri ga teging.
2 → Mus. manbai: Gear ga teging.
Opsiyani tanlash uchun Tasodifiy, Takrorlash, yoki Tanlangan ga teging.
3 Musiqa qo‘yish uchun
ga teging.
Musiqa Gear’da qo‘yiladi.
ga teging va ekranda pastki chetdan yuqoriga suring. Kutubxona
Kutubxona ekranini ochish uchun
ekranida ayni vaqtda ijro etilayotgan qo‘shiq va musiqa ro‘yxatini ko‘rishingiz, musiqalarni trek, albom, va
ijrochilar bo‘yicha tartibga solishingiz mumkin.
Musiqani Gear’ga saqlagan vaqtingizda, qadamlaringiz harakatiga mos ma’lum maromli musiqalar
musiqa ro‘yxatiga avtomatik tarzda qo‘shiladi.
32
Ilovalar
24-soat jurnali
Gear-ingiz kun davomida faoliyatingizni kuzatishi va qayd qilishi hamda jismoniy holatingizni saqlab
qolishingizga yordam berishi mumkin.
Ilovalar ekranida 24-soat jurnali ikonachasi ustiga teging.
Siz tomoningizdan yoqilgan kaloriyalar ma’lumotlarida profilingiz asosida o‘lchangan asosiy
modda almashuvi haqidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Xarid qilingan vaqtda Gear joriy vaqt
asosida yoqilgan kaloriyalar ma’lumotlarini aks ettiradi.
• Uyqu: Bu uyqungiz davomiyligi ko‘rsatadi.
• Yengil: Bu yengil yurish kabi yengil harakatlar uchun sarflagan vaqtingizni ko‘rsatadi.
• Sog‘lom: Bu Mashq funksiyasi bilan yoki usiz bajarayotgan mashqlaringizni ko‘rsatadi.
• Harakatsiz: Bu bir soatdan ko‘proq harakatsiz turilgan vaqtni ko‘rsatadi. Faol turishingizga yordam
berish uchun Gear 50 daqiqa harakatsiz turganingzidan so‘ng Sizga harakatlanishingizni so‘raydi.
Faoliyat jurnalini ko‘rish uchun kerakli faoliyatga teging.
Mashq
Bajarilgan mashq turiga qarab davomiylik, masofa va yoqilgan kaloriyalar kabi mashq ma’lumotlarini
yozib borishingiz mumkin.
• Gear va mobil qurilma ulanganda, bu funksiya mobil qurilmangizning joylahsuv
ma’lumotlaridan foydalanadi. Zarur bo‘lganda mobil qurilmaning joylashuv funksiyasini
yoqing.
• Ushbu funksiyadan foydalanishdan oldin, homilador ayollar, qariyalar va yosh bolalar kabi
surunkali yurak kasalliklari, yuqori qon bosimi kabi xastaliklari mavjud foydalanuvchilarda
malakali tibbiyot xodimi maslahatini olish tavsiya etiladi.
• Mashq mobaynida boshingiz aylansa, og‘riq sezsangiz yoki nafas olishingiz qiyinlashsa,
ushbu funksiyadan foydalanishni to‘xtating va malakali tibbiyot xodimiga murojaat qiling.
• Agar Gear’ni endigina xarid qilgan bo‘lsangiz yoki u zavod parametrlariga qaytarilgan bo‘lsa,
o‘z profilingizni yarating.
• Joylashuvingiz va yuragingiz urishi haqidagi ma’lumotlar faqat Mashq ilovasi yordamida
mashq qilayotganingizda saqlanadi. Maxfiylikni ta’minlash maqsadida ular Gear
mashg‘ulotlaringizni avtomatik aniqlagan vaqtda ko‘rsatilmaydi yoki saqlanmaydi.
33
Ilovalar
Gear bilan mashq qilish
1 Ilovalar ekranida Mashq ga teging.
2 Faoliyat turi ga teging va kuzatmoqchi bo‘lgan mashq turini tanlang.
Ba’zi mashq turlari uchun ekrandagi ko‘rsatmalarni tekshiring, shundan keyin OK ga teging.
3 Reja ga teging va maqsad turini tanlang.
Maqsadsiz mashq qilish uchun Oddiy mashq ga teging.
4 Maqsadni belgilash uchun yoki ga teging, shundan keyin ni bosing.
5 Mashq turiga qarab Joylashuv yoki Intervalli krst-ma ga teging va opsiyani tanlang.
Agar joylashuv funksiyasidan foydalansangiz, ulangan qurilmadagi GPS modul yoki Gear’ning
GPS moduli joylashuv ma’lumotlarini yozish uchun ishlatiladi.
6 Mashqni boshlash uchun Boshlash ga teging.
• Yurak urish tezligingiz mashqni boshlaganingizda avtomatik tarzda o‘lchanadi. Gear
yordamida yuragingiz urish tezligini aniqroq hisoblash uchun Gear’ni qo‘lingizni pastki
qismiga shundoqqina bilagingizgiz ustiga mahkam qilib taqing.
• Yurak urish tezligi yanada aniqroq o‘lchanishi uchun ekranda natijalar ko‘rsatilmaguncha
qimirlamang.
Mashq vaqti
Mashqning yakuniy
davomliligi
Yurak tezligi
34
Ilovalar
7 Ekranni chap yoki o‘ngga surganingizda sarflangan kaloriyalar va tezlik kabi mashq ma’lumotlarini
ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Yurak urish tezligingiz yanada aniq o‘lchanishi uchun intensiv mashq qilish paytida mashqni
qisqa muddatga to‘xtating.
8 Mashq qilishni yakunlash uchun Orqaga tugmasiga teging va undan so‘ng Tugatish ga teging.
Mashqni qayta davom ettirish uchun Orqaga tugmasini yana bosing.
9 Mashqingiz ma’lumotlarini ko‘rish uchun uni tugatgandan keyin ekranni yuqoriga yoki pastga qarab
suring.
Joylashuv ma’lumotlaridan foydalangan holda yozilgan mashqingiz yo‘nalishini ko‘rish uchun
Gear’ni mobil qurilmaga ulang.
Mashg‘ulotni avtomatik aniqlash
Gear qurilmasini taqqan holatda 10 daqiqa mashq qilsangiz, u sizning mashq qilayotganingizni
avtomatik aniqlaydi va mashq turi va davomiyligini qayd qiladi.
Agar 1 daqiqadan ko‘proq mashq qilmay tursangiz, Gear sizning mashq qilishdan to‘xtaganingizni
avtomatik aniqlaydi va bu funksiya faolsizlashtiriladi.
• Har xil mashq turlari orasida faqat piyoda yurish, yugurish, elliptik mashg‘ulotlar, eshkak
eshish va velosiped haydash kabi mashqlarni o‘lchash mumkin.
• Mashg‘ulotni avtomatik aniqlash funksiyasi bosib o‘tilgan masofa va sarflangan kaloriya
miqdorini tezlatkich sensori yordamida o‘lchaydi. Piyoda yurish va mashq qilish
usullaringizga qarab hisob-kitoblar aniq bo‘lmasligi ham mumkin.
35
Ilovalar
Qadaml
Gear bosgan qadamlaringiz sonini sanaydi va bosib o‘tgan masofani hisoblaydi.
Ilovalar ekranida Qadaml ga teging.
Joriy qadamlar jami
Yakuniy qadamlar soni
Haftalik yozuvlarni ko‘rish uchun ekranda yuqoriga yoki pastga suring.
• Qadam kuzatuvchisi qadamlaringizni kuzatayotganda va undan so‘ng ularning sonini
ko‘rsatayotganda, bir oz kechikishni sezishingiz mumkin. Qalqib chiquvchi oyna rejangiz
bajarilganligini ko‘rishidan oldin qisqa tanaffus kuzatilishi mumkin.
• Agar qadam kuzatuvchisidan avtomobil yoki poyezdda foydalansangiz, vibratsiya
qadamlaringiz soniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Belgilangan qadamlar sonini sozlash
1 Reja o‘rnatish ga teging va sozlash ekranini oching.
2 Maqsadni belgilash uchun yoki ga teging, shundan keyin
36
ni bosing.
Ilovalar
Qavatlar
Qancha qavatga chiqishingizni qayd qiling va kuzatib boring.
Ilovalar ekranida Qavatlar ga teging.
Joriy qavatlar jami
Yakuniy qavatlar soni
Haftalik yozuvlarni ko‘rish uchun ekranda yuqoriga yoki pastga suring.
• Bitta qavat taxminan 3 metr uzunlikda hisoblanadi. Hisoblangan qavatlar soni siz chiqqan
haqiqiy qavatlar sonidan farqlanishi mumkin.
• Atrof-muhit, foydalanuvchi harakatlari va bino sharoitlariga qarab hisoblangan qavatlar soni
aniq bo‘lmasligi ham mumkin.
• Agar Gear korpusiga yoki bog‘ichiga suv yoki notanish moddalar kirib ketsa, chiqilgan
qavatlar soni ham aniq bo‘lmasligi mumkin. Gear taqilgan holatda hammomda cho‘milmang.
Agar Gear ustiga biror kukun, dog‘ yoki yomg‘ir tomchisi tushib qolsa, uni ishlatishdan oldin
toza suv bilan yaxshilab chayib, keyin yaxshilab quriting.
Belgilangan qavatlar sonini sozlash
1 Reja o‘rnatish ga teging va sozlash ekranini oching.
2 Maqsadni belgilash uchun yoki ga teging, shundan keyin
37
ni bosing.
Ilovalar
Yurak puls
Yurak urish tezligini hisoblash va yozib olish.
• Gear’ning yurak urish tezligini kuzatib borish vositasi faqatgina jismoniy holat va
ma’lumotnoma maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallangan va u kasallikka tashxis qo‘yish,
uni davolash, og‘riqni kamaytirish, tuzatish yoki oldini olish uchun mo‘ljallanmagan.
• Gear yordamida yuragingiz urish tezligini aniqroq hisoblash uchun Gearni qo‘lingizni pastki
qismiga shundoqqina bilagingizgiz ustiga taqing. Tafsilotlar uchun Gear-ni to‘g‘ri taqish ga
qarang.
Yuragingiz urish tezligini hisoblashdan oldin quyidagilarni bilib oling:
• Agar Gear’ni endigina xarid qilgan bo‘lsangiz yoki u zavod parametrlariga qaytarilgan bo‘lsa, o‘z
profilingizni yarating.
• Hisoblashlarni olishdan oldin 5 daqiqa dam oling.
• Agar hisoblash kutilgan yurak urish tezligidan katta farq qilsa, 30 daqiqa davomida dam oling va
undan so‘ng uni qayta hisoblang.
• Qish mavsumida yoki havo sovuq bo‘lganda, yuragingiz urish tezligini hisoblayotganingizda,
o‘zingizni issiq tuting.
• Hisoblashlarni amalga oshirishdan oldin tamaki chekish yoki spirtli ichimlik iste’mol qilganingizdagi
yurak urish tezligingiz normal holatingizdagi tezlikdan farq qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Yurak urish tezligi hisoblanayotganda, gapirmang, esnamang yoki chuqur nafas olmang. Bunday
qilish yuragingiz urish tezligining noto‘g‘ri hisoblanishiga olib kelishi mumkin.
• Yurak urish tezligi sensori taqdim etgan ma’lumotlarning aniqligi foydalanuvchining harakati,
odamning shaxsiy psixologiyasi hamda o‘lchov sharoiti va atrof-muhitga qarab farq qilishi mumkin.
• Yurak urish tezligi sensori ishlamayotgan bo‘lsa, Gear-ning bilagingizdagi holatini tekshiring va
sensorni to‘smayotganligiga ishonch hosil qiling. Yurak urish tezligi sensorida huddi shu muammo
takrorlansa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif buyuring.
38
Ilovalar
Yuragingiz urish tezligini hisoblash
1 Ilovalar ekranida Yurak puls ga teging.
2 Yurak urish tezligini hisoblash uchun Hisoblash ga teging.
Bir oz vaqtdan so‘ng yuragingiz urish tezligi ekranda ko‘rsatiladi.
Gear tanlagan tegingizga tegishli yurak urish tezligi haqidagi ma’lumotlarni ko‘satadi.
Holat tegini tanlang.
39
Ilovalar
Yuragingiz urish tezligini kuzatish
Gear yuragingiz urish tezligini avtomatik ravishda hisoblaydi va kuzatadi. Gear ma’lum bir intervallarda
yuragingiz urish tezligini hisoblaydi. Harakatlanayotganingizda, bu xususiyat to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
Yurak urish tezligingiz Mashq ilovasidan foydalanganingizda avtomatik tarzda o‘lchanadi.
1 Ilovalar ekranida Yurak puls ga teging.
2 Avto YT ga teging va sozlash ekranini oching.
3 Uni faollashtirish uchun Avto YT ni yoqish tugmasiga teging. (
: yoqilgan)
Together
Mobil qurilmangizda S Health orqali ro‘yxatga olingan do‘stlaringiz bilan qadamlaringiz sonini ulashing
va musobaqalarni boshlang.
Ilovalar ekranida Together ga teging.
• S Health ilovasini so‘nggi versiyaga yangilang.
• Ushbu funksiya hudud yoki xizmat ta’minotchisiga qarab mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi
mumkin.
40
Ilovalar
Suv
Qancha suv ichganingizni qayd qiling va kuzatib boring.
Suv iste’molini qayd qilish
1 Ilovalar ekranida Suv ga teging.
2 Bir stakan suvni iste’mol qilganingizda,
ga teging.
Agar tasodifan noto‘g‘ri birlikni kiritgan bo‘lsangiz, uni
ni bosish orqali to‘g‘rilashingiz mumkin.
Haftalik yozuvlarni ko‘rish uchun ekranda yuqoriga yoki pastga suring.
Belgilangan iste’molni sozlash
1 Reja o‘rnatish ga teging va sozlash ekranini oching.
2 Maqsad funksiyasini O‘ch ga sozlash uchun Yoq ga teging. ( : yoqilgan)
3 Kunlik reja ga teging.
4 Maqsadni belgilash uchun yoki ga teging, shundan keyin ni bosing.
41
Ilovalar
Kofein
Qancha qahva ichganingizni qayd qiling va kuzatib boring.
Kofein iste’molini qayd qilish
1 Ilovalar ekranida Kofein ga teging.
2 Bir chashka qahva ichganingizda,
ga teging.
Agar tasodifan noto‘g‘ri birlikni kiritgan bo‘lsangiz, uni
ni bosish orqali to‘g‘rilashingiz mumkin.
Haftalik yozuvlarni ko‘rish uchun ekranda yuqoriga yoki pastga suring.
Kofein iste’moli chegarasini sozlash
1 Cheklov o‘rnatish ga teging va sozlash ekranini oching.
2 Cheklov funksiyasini O‘ch ga sozlash uchun Yoq ga teging. ( : yoqilgan)
3 Kundalik cheklov ga teging.
4 Maqsadni belgilash uchun yoki ga teging, shundan keyin ni bosing.
42
Ilovalar
Tel-imni top
Agar mobil qurilmani noto‘g‘ri joyga qo‘ygan bo‘lsangiz, Gear Sizga uni topishga yordam berishi
mumkin.
1 Ilovalar ekranida Tel-imni top ga teging.
2 ga teging.
Mobil qurilma ovoz chiqaradi va ekranni yoqadi.
ni mobil qurilmadaning chap yoki o‘ng qismiga torting yoki Gear’da
Mobil qurilma joylashuvini ko‘rib chiqish
Tel. joy. aniq ga teging.
Gear mobil qurilmangiz joylashuvini ko‘rsatadi.
43
ga teging.
Ilovalar
Taymer
1 Ilovalar ekranida Taymer ga teging.
2 O‘RNATISH ga teging va sozlash ekranini oching.
3 Soat, daqiqa yoki soniyani sozlash uchun yoki
4 Parametrni saqlash uchun OK ga teging.
5 Boshlash ga teging.
6 Taymer o‘chganida, ni yuqoriga suring.
ga teging.
Sekundomer
1 Ilovalar ekranida Sekundomer ga teging.
2 Hodisa vaqtini belgilash uchun Boshlash ga teging.
Hodisa vaqtini hisoblayotganda aylana vaqtlarini yozib olish uchun Aylana ga teging.
3 Vaqt hisoblanishini to‘xtatish uchun TO‘XTATISH ga teging.
Vaqtni hisoblashni qayta ishga tushirish uchun DAVOM ET ga teging.
Aylana vaqtlarini tozalash uchun Tashlash ga teging.
Sekundomer jurnalini ko‘rish uchun ekranda yuqoriga yoki pastga suring.
44
Parametrlar
Kirish
Funksiya va ilovalar uchun parametrlarni sozlash. Turli parametr opsiyalarini sozlash orqali Gear-ingizni
yanada moslashingiz mumkin.
Ilovalar ekranida Parametrlar ga teging.
Ko‘rsatish
Displey parametrlarini o‘zgartirish.
Parametrlar ekranida Ko‘rsatish ga teging.
• Ekran yuzlari: Soat turini tanlash.
• Tom/q. doim yon: Gear-ni ekran o‘chiqligida soatni aks ettiradigan qilib sozlash. (
: yoqilgan)
• Bildirishnoma indikatori: Tekshirilmagan bildirishnomalar haqida xabar berish uchun Gear-ni Soat
ekranida to‘q sariq rangdagi nuqtani ko‘rsatadigan qilib sozlash.
• Yorqinlik: Displey uchun yorqinlikni sozlash.
• Ekran taym-auti: Gear displey fon chirog‘ini o‘chirguniga qadar kutiladigan vaqtni o‘rnatish.
• Shrift: Shrift turi va o‘lchamini o‘zgartiring.
Watch always on funksiyasi faqat Gear taqilganida faollashadi. Agar Gear taqilmagan bo‘lsa
yoki uni taqqan holatda 30 daqiqa davomida harakatlanmasangiz, hatto Soat har doim ko‘rinib
turadigan qilib sozlangan bo‘lsa ham, ekranda soat ko‘rinmaydi.
45
Parametrlar
Vibratsiya
Vibratsiya parametrlarini o‘zgartirish.
Parametrlar ekranida Vibratsiya ga teging.
• Vibratsiya: Vibratsiya funksiyasini yoqish yoki o‘chirish. (
: yoqilgan)
• Uzoq bzz: Signallar yaxshiroq aniqlanishi uchun vibratsiya davomliligini ko‘paytirish. (
: yoqilgan)
Qurilma
Gear o‘zaro aloqa parametrlarini o‘zgartirish.
Parametrlar ekranida Qurilma ga teging.
• As. tgm. ikkita bos: Gear-ning Asosiy tugmasi ikki marta bosilganda bajariladigan amalni tanlash.
• Uyg‘otish ishorasi: Gear ekranini qo‘lingizni ko‘targandan yoqiladigan va tushirganda o‘chadigan
qilib sozlash.
• Sana va vaqt: Joriy sana va vaqtni qo‘lda sozlash.
• Til: Gear uchun displey tilini tanlash.
Sana va vaqt hamda Til faqat Gear’dan mobil qurilma ulanishisiz foydalanganingizda
ko‘rsatiladi.
46
Parametrlar
Ulanishlar
Bluetooth
Bluetooth yoqilgan boshqa qurilmalar bilan ma’lumot yoki media fayllarini almashish uchun
Bluetoothdan foydalaning.
• Samsung Bluetooth orqali yuborilgan yoki olingan ma’lumotlar yo‘qotilishiga, o‘g‘irlanishiga
yoki noto‘g‘ri ishlatilishiga javobgar emas.
• Ma’lumotlarni ishonchli va to‘g‘ri himoyalangan qurilmalar bilan ulashayotganligingizga
va almashayotganingizga har doim ishonch hosil qiling. Agar qurilmalar o‘rtasida to‘siqlar
bo‘lsa, ishlash doirasi qisqarishi mumkin.
• Ba’zi qurilmalar, ayniqsa, Bluetooth SIG tomonidan sinalmagan va tasdiqlanmagan qurilmalar
Sizning qurilmangizga mos kelmasligi mumkin.
• Bluetooth funksiyasidan qonunga xilof maqsadlarda foydalanmang (misol uchun fayllardan
noqonuniy nusxa olish yoki aloqalardan tijorat maqsadlarida foydalanish).
Samsung Bluetooth funksiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatlariga javobgar emas.
Parametrlar ekranida Ulanishlar → Bluetooth ga teging.
• Bluetooth: Bluetooth funksiyasini yoqish yoki o‘chirish.
• BT-garnitura: Bluetooth quloqliklarini qidiirsh va ularni Gearga ulash.
Quloqlidan faqatgina Gear’da musiqa qo‘yilganda, interval maslahatlarni yoki mashq paytidagi
bildirishnomalarni tinglaganda foydalanish mumkin.
Wi-Fi
Bu funksiyadan Gear mobil qurilmaga Bluetooth orqali ulanmagan vaqtda foydalanish mumkin.
1 Parametrlar ekranida Ulanishlar → Wi-Fi ga teging va undan so‘ng uni yoqish uchun Wi-Fi yoqish
tugmasiga teging. (
: yoqilgan)
2 Wi-Fi tarmoqlar → Qidirish ga teging.
47
Parametrlar
3 Wi-Fi tarmoqlar ro‘yxatidan tarmoqni tanlang.
Parol talab qiluvchi tarmoqlar qulf ikonachasi bilan ko‘rsatiladi.
4 Ulanish ga teging.
• Gear Wi-Fi tarmoqqa ulangandan so‘ng, Gear o‘sha tarmoqqa har gal mavjud bo‘lganda,
parolni talabisiz ulanadi. Gear-ning tarmoqqa avtomatik ravishda ulanishini oldini olish
uchun uni tarmoqlar ro‘yxatidan tanlang va Unutish ga teging.
• Wi-Fi tarmoqqa to‘g‘ri ulana olmasangiz, simsiz routerda qurilmangiz Wi-Fi funksiyasini
o‘chirib yoqing.
• Ishlatilmayotganda batareya quvvatini tejash uchun Wi-Fi ni o‘chiring.
• Sozlash rejimida Gear mobil qurilmaga Bluetooth orqali ulangan bo‘lsa, uni Wi-Fi tarmog‘iga
ulashingiz mumkin.
Signallar
Gear-ni mobil qurilmadan uzilganda vibratsiyalaydigan qilib sozlash.
Parametrlar ekranida Ulanishlar ga teging va undan so‘ng Signallar ning yoqish tugmasiga teging. (
yoqilgan)
:
Joylashuv
Joylashuv ma’lumotlaridan foydalanish uchun Gear’da ilovalarni sozlang.
Parametrlar ekranida Ulanishlar → Joylashuv ga teging va undan so‘ng uni yoqish uchun GPS yoqish
tugmasiga teging. (
: yoqilgan)
Ekran bloki
Gear-ni taqmagan vaqtingizda, ekranni qulflash funksiyasidan foydalanadigan qilib sozlash.
Parametrlar ekranida Ekran bloki ga teging.
• Ekran blk. turi: Ekranni bloklash funksiyasini yoqish yoki o‘chirish. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun
Ekran blokini o‘rnatish ga qarang.
• Yordam: Ekranni bloklash funksiyasidan foydalanish haqidagi yordam ma’lumotlarini ko‘rib chiqish.
48
Parametrlar
Quvvat tejash
Gear funksiyalarini cheklash orqali batareya quvvatini tejash uchun quvvat tejash rejimini yoqing.
• Ekrandagi ranglarni kul rang tonlar sifatida aks ettiradi.
• Bildirishnomalarni o‘chiradi.
• Wi-Fi funksiyasini o‘chiradi.
• Qo‘shimcha funksiyalar o‘chiradi.
• Gear-ning Markaziy Protsessori unumdorligini cheklaydi.
ga teging. Yoki ekran o‘chiqligida quvvat tugmasini bosib
Parametrlar ekranida Quvvat tejash →
turing va Quvvat tejash →
ga teging.
Bu rejimni o‘chirish uchun O‘CH →
ga teging.
49
Parametrlar
Profil
Jinsingiz, bo‘yingiz va vazningiz kabi profil ma’lumotlarini kiriting.
Parametrlar ekranida Profil ga teging va profilingiz ma’lumotlarini sozlang.
Salomatlik chaqiruvi
Belgilangan mashq maqsadlariga erishilganda yoki faol holatda bo‘lganingizda, Gear’ga bildirishnomalar
yuborishiga ruxsat bering.
Parametrlar ekranida Salomatlik chaqiruvi ga teging va bildirishnomalar olish uchun elementlarni
tanlang. (
: element tanlandi)
Gear ma’lumoti
Gear haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqing.
Parametrlar ekranida Gear ma’lumoti ga teging.
• Gear dasturini yangilash: Gear’ni oxirgi dastur versiyasiga qo‘lda yangilash.
• Ilovalarni avtomatik yangilash: Gear’dagi ilovalar uchun avtomatik yangilash parametrlarini
sozlash.
– – O‘c: Qurilmani Gear’dagi ilovalarni yangilamaydigan qilib sozlash.
– – Faqat Wi-Fi orqali: Qurilmani u faqat Wi-Fi tarmoqqa ulangan vaqtda Gear’dagi ilovalarni
avtomatik tarzda yangilaydigan qilib sozlash.
• Gear dasturini yangilash hamda Ilovalarni avtomatik yangilash faqat Gear’dan mobil
qurilma ulanishisiz foydalanganingizda ko‘rsatiladi.
• Gear dasturiy ta’minotini yangilash uchun uning batareyasi 15% dan ko‘proq miqdorda
zaryadlangan bo‘lishi lozim.
• Qurilma haqida: Gear haqidagi ma’lumotlarga kirish.
• Diagnostika hisoboti: Gear’ni o‘z diagnostika ma’lumotlarini Samsung’ga avtomatik ravishda
yuboradigan qilib sozlang. (
: yoqilgan)
50
Parametrlar
• Gear tashla:
– – Chiroq o‘ch/yoq: Media va shaxsiy ma’lumotlardan boshqalarini o‘chirib tashlash.
– – Zavod prm-ga tash: Ishlab chiqaruvchi parametrlariga qayta sozlash va barcha ma’lumotlarni
o‘chirib tashlash.
• Sozlash: Gear uchun ilovalar takomillashtirilayotganda, USB-vositasi rejimini yoqish yoki o‘chirish.
(
: yoqilgan)
Telefonga ulanish
Gear’dan mobil qurilmasiz foydalanganda, uni mobil qurilmaga ulang.
Parametrlar ekranida Telefonga ulanish ga teging.
Telefonga ulanish faqat Gear’dan mobil qurilma ulanishisiz foydalanganingizda ko‘rsatiladi.
• Ha: Gear’ni yangi mobil qurilmaga ulash va salomatlik hamda parametrlarga tegishli ma’lumotlarni
tiklash.
• Yo‘q: Gear’ni yangi mobil qurilmaga ulash va salomatlik hamda parametrlarga tegishli ma’lumotlarni
tashlash.
51
Samsung Gear
Kirish
Gear-ni mobil qurilmaga ulash uchun mobil qurilmada Samsung Gear ilovasini o‘rnatishingiz lozim.
Samsung Gear ilovasi yordamida Gear parametrlarini sozlashingiz mumkin.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear ga teging.
Gear va mobil qurilmangizni birinchi marta ulayotgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha ma’lumot uchun Gear-ni
mobil qurilmaga ulash ga qarang.
Ulangan mobil qurilma turiga qarab ba’zi funksiyalardan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.
Gear’ni ulash yoki uzish
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → YANA → Uzish → UZISH ga teging.
Gear mobil qurilmangizdan uziladi.
Gear’ni qayta ulash uchun Samsung Gear ilovasida ULANISH ga teging.
Yangi Gear-ni ulash
Agar hozir boshqa Gear-ni ishlatayotgan bo‘lsangiz, uni mobil qurilmadan uzishingiz va uni yangisiga
ulashingiz mumkin.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → YANA → Yangi Gear’ga ulanish ga teging va
undan so‘ng yangi Gear’ni tanlang.
Foydalanuvchi qo‘llanmasini ko‘rib chiqish
Gear-dan foydalanishni o‘rganish uchun foydalanuvchi qo‘llanmasini ko‘rib chiqing.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → YANA → Foydalanuvchi qo‘llanmasi ga teging.
52
Samsung Gear
Ekran yuzlari
Soat ekranida aks ettiriladigan soat turini o‘zgartirishingiz mumkin.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Ekran yuzlari ga teging va kerakli soat turini
tanlang. Siz tanlagan soat yuzi Soat ekraniga qo‘llaniladi.
Soat yuzida ko‘rsatiladigan fon va elementlarni tanlash uchun USLUBLASH ga teging.
Bildirishnomalar
Bildirishnoma funksiyasi parametrlarini o‘zgartirish. Mobil qurilmaga kelgan yangi xabarlar kabi turli
hodisalarni yangilangan holda saqlang.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Bildirishnomalar ga teging, uni yoqish uchun
yoqish tugmasiga teging va undan so‘ng elementlarni faollashtiring.
• Bildirish-larni boshqar: Bildirishnomalarni Gear-ga yuborish uchun mobil qurilmadagi ilovalarni
tanlang.
• Cheklov bildirishnomalari: Gear-ni mobil qurilma ekrani yoqilgan vaqtda olingan barcha
bildirishnomalarni cheklaydigan qilib sozlash, budilniklar bundan mustasno.
• Ekranni yoqish: Gear-ni bildirishnoma olinganda ekranni yoqadigan qilib sozlash.
• Tafsilot. avto-ko‘sat: Gear-ni bildirishnomalar olinganda, ularning tafsilotlarini ko‘rsatadigan qilib
sozlash.
• Bildirishnoma indikatori: Tekshirilmagan bildirishnomalar haqida xabar berish uchun Gear-ni Soat
ekranida to‘q sariq rangdagi nuqtani ko‘rsatadigan qilib sozlash.
Ilovalar tuzilishi
Gear ilovalar ekranini sozlang. Ilovalarni tanlashingiz va tartibini o‘zgartirishingiz mumkin.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Ilovalar tuzilishi ga teging.
Ilovalarni olib tashlash
OLIB TASHLASH ga teging va Gear-dan olib tashlanadigan ilovalarni tanlang.
Ilovalar tartibini o‘zgartirish
Ilova yonidagi
ga teging va uni boshqa holatga yuqori yoki pastga tortib o‘tkazing.
53
Samsung Gear
Gear’ga musiqa yuborish
Saqlangan audio fayllarni mobil qurilmangizdan Gear’ga uzatish.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Gear’ga musiqa yuborish ga teging.
Avtomatik sinxronlash funksiyasi yoqilgan paytda Gear yetarli bo‘sh xotiraga ega bo‘lmasa, u
sevimli sifatida belgilamagan fayllaringizni eskisidan yangisiga tartibida yo‘q qiladi.
• Treklarni tanlash: Audio fayllarni tanlang va ularni mobil qurilmadan Gear-ga qo‘lda yuboring.
• Avto-sinxronlash: Qurilmani Gear zaryadlanayotganda yaqin orada qo‘shilgan audio fayllarni Gear
bilan sinxronlanadigan qilib sozlash.
Parametrlar
Tezkor xabarlar
Xabarlarga javob berish uchun foydalaniladigan shablonlarni tahrirlash yoki qo‘shish.
1 Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Parametrlar → Tezkor xabarlar ga teging.
2 Tezkor javoblar yoki Rad etish xabalari ga teging.
3 Tahrirlash uchun shablonni tanlang.
Qo‘shimcha shablonlarni yaratish uchun
so‘ng SAQLASH ga teging.
ga teging, kiritish maydoniga matn kiriting va undan
Shablonni o‘chirish uchun TAHRIRLASH ga teging, shablonni tanlang va O‘CHIRISH ga teging.
4 Shablonni tahrirlang va SAQLASH ga teging.
54
Samsung Gear
As. tgm. ikkita bos
Gear asosiy tugmasini ikki marta bosganingizda, amalga oshiriladigan amalni o‘rnatish.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Parametrlar → As. tgm. ikkita bos ga teging va
undan so‘ng opsiyani tanlang.
Gear ulanishi
Gear-ingiz simsiz ulanish parametrlarini sozlang.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranini oching va Samsung Gear → Parametrlar → Gear ulanishi ga
teging.
• Masofaviy ulanish: Gear’ni qurilmalar o‘rtasida Bluetooth ulanishi mavjud bo‘lmaganda, mobil
qurilmaga masofadan Wi-Fi tarmog‘iga Samsung hisob qaydnomasi orqali ulanadigan qilib sozlash.
• Wi-Fi profil. sinxronlash: Qurilmani saqlangan Wi-Fi tarmoqlar ro‘yxatini Gear-ingiz bilan
sonxronlanadigan qilib sozlash.
Arxivlash va tiklash
Gearda saqlangan ma’lumotlarni arxivlash yoki arxiv ma’lumotlarini tiklash.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Parametrlar → Arxivlash va tiklash →
Ma’lumotni arxivlash yoki Ma’lumotni tiklash ga teging.
Sizga tegishli salomatlik ma’lumotlari arxivlanmagan yoki tiklanmagan. Mobil qurilmadagi
S Health ilovasidan foydalanib o‘zingizga qarashli salomatlik ma’lumotlarini boshqarishingiz
mumkin.
55
Samsung Gear
Gear haqida
Gear haqidagi ma’lumotlarga kirish.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Parametrlar → Gear haqida ga teging.
• Gear dasturini yangilanish: Gear-ni oxirgi dastur versiyasiga yangilash.
• Gear xotirasi: Gear-ingiz xotirasi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish.
Ichki xotiraning haqiqiy sig‘imi belgilangan sig‘imdan oz, chunki operatsion tizim va birlamchi
parametrlar bo‘yicha ilovalar xotiraning bir qismini egallaydi. Qurilmani yangilaganingizda,
foydalanish mumkin bo‘lgan sig‘im o‘zgarishi mumkin.
• Qonuniy ma’lumot: Gear uchun qonuniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish.
• Noma’lum manbalar: Gear-ni noma’lum manbalardan olingan ilovalar o‘rnatilishiga ruxsat
beradigan qilib sozlash.
• Qurilma nomi: Gear nomini o‘zgartirish.
Samsung Gear ilv. haqida
Samsung Gear ilovasining versiya ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Parametrlar → Samsung Gear ilv. haqida ga
teging.
Gearimni topish
Gear yo‘qolganda yoki esdan chiqarilganda, uni masofadan boshqaring.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Gearimni topish ga teging.
• Qayta faollashtir. bloki: Gear-ni qurilma birlamchi holatiga tashlangandan so‘ng Samsung hisob
qaydnomasi ma’lumotlarini talab qiladigan qilib sozlang. Bu qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan
bo‘lsa, uning bsohqalar tomonidan yoqilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
• Masofadan boshqarish:
– – Gear joyini aniqlash: Gear’ning joriy joylashuvini aniqlang.
– – Gear-ni qulflash: Gear-ni ruxsat berilmagan kirishdan himoya qilish uchun masofadan bloklash.
Bu funksiyani masofaviy ulanish yoqilgan vaqtda Gear va mobil qurilma o‘rtasidagi Bluetooth
ulanishi yo‘qotilganda, yoqish mumkin.
– – Gear-ni tashlash: Gear-da saqlangan barcha shaxsiy ma’lumotlarni masofadan o‘chirish. Gear
tashlangandan so‘ng, ma’lumotlarni tiklay yoki Gear-imni topish funksiyasidan foydalana
olmasligingiz mumkin.
56
Samsung Gear
Gear-ingizni topish
Gear-ni noto‘g‘ri joyga qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu funksiya yordamida uni toping.
1 Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Gearimni topish ga teging.
2 ga teging.
Gear vibratsiyalaydi va ekran yoqiladi.
teging.
ni Gear’da yuqoriga torting yoki mobil qurilmada
Samsung Galaxy Apps
Samsung Galaxy Apps dan Gear uchun ilovalarni yuklab olishingiz mumkin.
Mobil qurilmaning ilovalar ekranida Samsung Gear → Samsung Gear Apps ga teging.
Toifa bo‘yicha qidiring va yuklab oladigan ilovani tanlang.
57
ga
Ilova
Nosozliklarni bartaraf etish
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishdan oldin quyidagi yechimlarni sinab ko‘ring. Ba’zi
holatlar Gearingizga mos kelmasligi mumkin.
Gearingiz yoqilmayapti
Batareya quvvati umuman qolmaganda, Gearingiz yoqilmaydi. Gearni yoqishdan oldin qurilmani to‘la
zaryadlang.
Sensorli ekran sekin yoki noto‘g‘ri javob bermoqda
• Agar Siz sensorli ekranga ekran himoyasi yoki turli aksessuarlarni biriktirsangiz, sensorli ekran to‘g‘ri
ishlamasligi mumkin.
• Agar sensorli ekranga tegayotganda, qo‘lqop kiyib olgan bo‘lsangiz, qo‘llaringiz iflos bo‘lsa yoki
ekranga o‘tkir tig‘li narsa yoki barmog‘inzgi uchi bilan tegsangiz, sensorli ekran funksiyasi buzilishi
mumkin.
• Sensorli ekran nam sharoitda yoki suvga tekkanida to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
• Dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun Gearni qayta ishga
tushiring.
• Gear-ingiz dasturiy ta’minoti eng oxirgi versiyada ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Sensorli ekran chizilgan yoki shikastlangan bo‘lsa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif
buyuring.
58
Ilova
Gearingiz qotib qolmoqda yoki xatolarga uchramoqda
Quyidagi yechimlarni sinab ko‘ring. Agar muammo bartaraf etilmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
Gear’ni qayta ishga tushirish
Agar Gear qotsa yoki sekin ishlasa, uni o‘chirishingiz va qayta yoqishingiz lozim bo‘ladi.
Majburiy qayta ishga tushirish
Agar Gear qotib qolgan va javob bermayotgan bo‘lsa, qurilmani qayta ishga tushirish uchun quvvat
tugmasini 7 soniya dan ko‘proq vaqt davomida bosib turing.
Gear’ni qayta sozlash
Agar yuqoridagi usul muammoni bartaraf etmasa, ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytarishni amalga
oshiring.
Ilovalar ekranida Parametrlar → Gear ma’lumoti → Gear tashla → Zavod prm-ga tash ga teging.
Ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytarishdan oldin, qurilmada Samsung Gear yoki S Health uchun
saqlangan barcha muhim ma’lumotlaringizni arxivlashni unutmang.
Boshqa Bluetooth qurilmasi Gearingizni topa olmayapti
• Gearingizda Bluetooth funksiya yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
• Gearingizni qayta yuklang va qayta urinib ko‘ring.
• Gearingiz va boshqa Bluetooth qurilmasi Bluetooth ulanishi diapazonida ekanligiga ishonch hosil
qiling (10 m). Qurilmalar ishlatilayotgan muhitga qarab masofa farq qilishi mumkin.
Agar muammo bartaraf etilmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
59
Ilova
Bluetooth ulanishi o‘rnatilmagan yoki Gearingiz va mobil qurilma
o‘rtasidagi aloqa uzilgan
• Bluetooth funksiyasi har ikkala qurilmada yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
• Qurilmalar o‘rtasida devor yoki elektr uskunalari kabi to‘siqlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
• Mobil qurilmangizda Samsung Gear ilovasining eng oxirgi versiyasi o‘rnatilganligiga ishonch hosil
qiling.
• Gearingiz va boshqa Bluetooth qurilmasi Bluetooth ulanishi diapazonida ekanligiga ishonch hosil
qiling (10 m). Qurilmalar ishlatilayotgan muhitga qarab masofa farq qilishi mumkin.
• Har ikkala qurilmani qayta ishga tushiring va mobil qurilmada Samsung Gear ilovasini qayta ishga
tushiring.
Batareya ikonachasi bo‘sh
Batareyangiz quvvati kam. Batareyani zaryadlang.
Batareya yaxshi zaryad olmayapti (Samsung tomonidan tasdiqlangan
zaryadlash qurilmalari uchun)
• Gear’ni quvvatlovchi dok-stansiyaga ulang va dok-stansiyani zaryadlash qurilmasiga to‘g‘ri ulang.
• Samsung Xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif buyuring va batareyani almashtiring.
Batareya quvvati birinchi xarid qilinganidan ko‘ra tezroq sarflanishi
mumkin
• Gear juda sovuq yoki juda issiq haroratda ushlaganingizda, foydali zaryad kamayadi.
• Ba’zi ilovalardan foydalanayotganingizda, batareya quvvati ko‘proq sarflanishi mumkin.
• Batareyaning amal qilish muddati tugagani sari undagi foydali zaryad miqdori ham kamayib boradi.
60
Ilova
Gearingiz qizib ketmoqda
Ko‘proq quvvat talab qiluvchi ilovalardan foydalanganingizda, yoki Gear-ingizdagi ilovadan uzoq vaqt
davomida foydalanganingizda, Gear-ingiz qizib ketishi mumkin. Bu oddiy holat va u Gearingizning
xizmat qilish muddati yoki samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Agar qurilma qizib ketsa yoki uzoq vaqt davomida issiq holda tursa, undan vaqtincha foydalanmang.
Agar qurilma qizishda davom etsa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Gear-ingiz Sizning joriy joylashuvingizni topa olmayapti
Gear mobil qurilmangiz joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. GPS signallar bino ichida kabi ba’zi
joylarda cheklanishi mumkin.
Gear-da saqlangan ma’lumotlar yo‘qotildi
Har doim Samsung Gear yoki S Health’da saqlangan muhim ma’lumotlarning rezerv nusxalarini yarating.
Aks holda, ma’lumot zararlangan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, uni tiklay olmaysiz. Samsung Gear-da saqlangan
ma’lumotlarning yo‘qolishi uchun javobgar emas.
Gear korpusining tashqi tomoni atrofida kichkina bo‘shliq paydo
bo‘ladi
• Ushbu bo‘shliq kerakli funksiyani bajaradi va ba’zi kichik tebranish yoki qismlar vibratsiyasi yuzaga
kelishi mumkin.
• Vaqt o‘tishi bilan, qismlar o‘rtasidagi ishqalanish ushbu bo‘shliqning kengayishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
61
Mualliflik huquqi
Copyright © 2016 Samsung Electronics
Ushbu qo‘llanma xalqaro mualliflik huquqi qonunlari bilan himoyalangan.
Samsung Electronics kompaniyasining yozma ruxsatisiz ushbu qo‘llanmaning biror qismini qayta ishlab
chiqarish, tarqatish, tarjima qilish yoki ulardan har qanday formatda nusxa ko‘chirish, yozib olish kabi
mexanik yoki elektron vositalar yordamida uzatish, har qanday jamlovchi va tiklash tizimlarida saqlash
ta’qiqlanadi.
Savdo belgilari
• SAMSUNG va SAMSUNG logotipi Samsung Electronics kompaniyasining ro‘yxatga olingan savdo
belgisi hisoblanadi.
®
• Bluetooth umumjahon Bluetooth SIG, Inc. kompaniyasining ro‘yxatga olingan savdo belgisi.
®
™
™
™ va Wi-Fi logotipi Wi-Fi Alliance-
• Wi-Fi , Wi-Fi Protected Setup , Wi-Fi Direct , Wi-Fi CERTIFIED
ning ro‘yxatga olingan savdo belgisi hisoblanadi.
• Boshqa barcha savdo belgilari va mualliflik huquqlari o‘z egalarining mulki hisoblanadi.
Download PDF

advertising