LG 55SVM5F-H Foydalanuvchi uchun qo'llanma

Add to My manuals
35 Pages

advertisement

LG 55SVM5F-H Foydalanuvchi uchun qo'llanma | Manualzz

FOYDALANUVCHI QO'LLANMASI

LG Digital Signage

(SIGNAGE MONITORI)

Iltimos, qurlimangizdan foydalanishdan avval ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qib chiqing va undan keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo'ying.

55SVM5F 55SVH7F 55SVH7F-A www.lg.com

Mualliflik huquqi © 2019 LG Electronics Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.

2

MUNDARIJA

EHTIYOTKORLIK

CHORALARI ............................. 3

-

Mahsulotni o‘rnatishdagi ehtiyotkorlik choralari ................................................... 3

-

AC adapteri va elektr quvvati uchun ehtiyot choralari ........................................ 5

-

Mahsulotni tashishdagi ehtiyotkorlik choralari ................................................... 7

-

Mahsulotdan foydalanishdagi ehtiyotkorlik choralari ................................................... 8

-

Devorga o‘rnatish ..................................... 9

LITSENZIYALAR .................... 10

YIG‘ISH VA TAYYORLASH ..... 11

-

Ixtiyoriy aksessuarlar ............................. 11

-

-

Qismlar va tugmalar ............................... 12

Portret maketi ......................................... 13

-

O‘rnatishdan avval kronshteynlarni olib tashlang ................................................. 13

-

Panelni himoyalash uchun saqlash usuli ........................................................ 14

-

Devorga o‘rnatish ................................... 16

-

Tashqi Jihozni O’rnatish ......................... 18

-

Plitkali displeylar .................................... 19

MASOFADAN BOSHQARISH

PULTI ...................................... 23

ULANISHLARNI BAJARISH .. 25

-

ShKga ulash ........................................... 25

-

Tashqi qurilma ulanishi ........................... 25

-

-

Kiritish ro‘yxatidan foydalanish ............... 26

Shleyfli ulanishli monitorlar .................... 27

MUAMMOLARNI BARTARAF

ETISH ...................................... 28

MAHSULOT TEXNIK

XUSUSIYATLARI .................... 31

OGOHLANTIRISH - ushbu uskuna CISPR 32 A sinfiga mos keladi. Yashash sharoitida bu qurilma radio to‘lqinlarga to‘siq bo‘lishi mumkin.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu ehtiyotkorlik choralarini diqqat bilan o‘qib chiqing.

OGOHLANTIRISH

Agar siz ogohlantiruvchi xabarga e‘tibor qaratmasangiz, jiddiy jarohatlanishingiz yoki bu halokatlar yoki o‘limga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Agar siz diqqat xabariga e‘tibor qaratmasangiz, yengil jarohatlanishingiz yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

OGOHLANTIRISH

• Faqat xonadon ichida foydalanish uchun.

Mahsulotni o‘rnatishdagi ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

• Elektr isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlang.

Elektr toki urishi, mahsulotning noto‘g‘ri ishlashi yoki deformatsiyalanish sodir bo‘lishi mumkin.

• Namga qarshi qadoqlash materiallari yoki vinil qadoqni bolalarning qo‘llari yetmaydigan joylarda saqlang.

Namga qarshi material yutilganda xavfli hisoblanadi. Bilmasdan yutib yuborilgan hollarda chiqarib tashlang va shifokordan yordam oling. Bundan tashqari vinil qadoq bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkin. Uni bolalarning qo‘llari yetmaydigan joylarda saqlang.

• Mahsulot ustiga og‘ir buyumlarni qo‘ymang yoki uning ustiga o‘tirmang.

Mahsulot sinib ketsa yoki tushirib yuborilsa, shikastlanishingiz mumkin. Bolalar ayniqsa juda ehtiyot bo‘lishlari lozim.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabeli yoki signal kabelini odamlar o‘tadigan yo‘lakchada qarovsiz tashlab qo‘ymang.

O‘tib ketayotgan shaxs qoqilishi yoki yiqlishi va bu elektr toki urishi, yong‘in chiqishi, mahsulotning buzilishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

• Mahsulotni toza va quruq joyga o‘rnating.

Chang va namlik elektr toki urishi, yong‘in chiqishi yoki mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Agar siz tutun hidi yoki boshqa hidlarni sezsangiz, hamda g‘alati tovushlarni eshitsangiz, mahsulotni elektr tarmog‘idan uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Agar kerakli choralarni ko‘rmasdan turib foydalanishni davom ettirsangiz, elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishi sodir bo‘lishi mumkin.

3

4

• Agar mahsulotni tushirib yuborsangiz yoki korpusi singan bo‘lsa, mahsulotni o‘chiring va elektr tarmog‘iga ulash kabelini uzing.

Agar kerakli choralarni ko‘rmasdan turib foydalanishni davom ettirsangiz, elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishi sodir bo‘lishi mumkin. Xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

• Mahsulot ustiga buyumlarni tashlamang yoki uni hech qanday ta‘sir ostiga qo‘ymang. Mahsulot ekraniga o‘yinchoqlar yoki boshqa buyumlarni otmang.

Bu odamlarning jarohatlanishi, mahsulot bilan bog‘liq muammolar va displeyning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Uni tashqi qurilmaga ulaganda mahsulotning tushib ketishiga yoki yiqilishiga yo‘l qo‘ymang.

Bu jarohatlanish va/yoki mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Uni o‘yin qurilmasiga ulaganda, qurilma bilan oradagi masofaning ekran o‘lchamidan to‘rt marta ko‘p bo‘lishini ta‘minlang.

Agar kabelning qisqaligi tufayli mahsulot yiqilib tushsa, bu jarohatlanish va/yoki mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Ekranda harakatsiz tasvirlarni uzoq vaqt namoyish qilish ekranga zarar yetkazishi va tasvir izi saqlanib qolishiga olib kelishi mumkin. Mahsulotdan uzoq vaqt foydalanish uchun ShKda ekran saqlagich dasturidan foydalaning yoki mahsulotdagi qoldiq tasvir hosil bo‘lishiga qarshi funksiyani ishlating, va mahsulotdan foydalanilmayotgan vaqtda uni o‘chirib qo‘ying. Tasvir izi saqlanib qolishi va u bilan bog‘liq muammolar ushbu mahsulotga berilgan kafolat doirasiga kirmaydi.

• Bu mahsulotni yog‘ bug‘lari yoki tuman ta‘siriga uchrashidan iborat yuqori xatarga ega bo‘lgan joydagi devorga O‘RNATMANG.

Bu mahsulotning shikastlanishiga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

• Mahsulotning havo almashtirish tirqishlarining to‘sib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qiling. Mahsulotni mos bo‘lgan keng joylarga (devordan kamida 100 mm masofada) o‘rnating.

Agar mahsulotni devorga juda yaqin o‘rnatsangiz, ichki issiqlik tufayli u deformatsiyalanishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.

• Dasturxon yoki parda kabilar bilan mahsulotning havo almashtirish tirqishini to‘sib qo‘ymang.

Mahsulot ichining ortiqcha qizib ketishi tufayli u deformatsiyalanishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.

• Mahsulotni yiqilib ketish xavfi bo‘lmagan tekis va qattiq joylarga o‘rnating.

Agar mahsulot tushib ketsa, jarohatlanishingiz yoki mahsulot ishdan chiqishi mumkin.

• Mahsulotni elektromagnit xalaqitlar bo‘lmaydigan joylarga o‘rnating.

• Mahsulotni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlarining ta'siridan saqlang.

Mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Agar siz mahsulotni tavsiya qilingan shartlarga javob bermaydigan joylarga o‘rnatsangiz, bu mahsulot ko‘rsatadigan tasvir sifati, mahsulotning ishlash muddati va ko‘rinishiga jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Iltimos, o‘rnatishdan avval LG yoki malakali o‘rnatuvchi bilan maslahatlashing. Bu ogohlantirish mayda chang zarralari va moy bug‘lari ko‘p bo‘lgan, kimyoviy moddalardan foydalaniladigan, harorat juda past yoki juda baland, namlik darajasi juda yuqori bo‘lgan yoki mahsulotning uzoq vaqt yoqilgan holatda turish ehtimoli bo‘lgan (aeroport va poyezd vokzallari) joylarga tegishlidir. Bu shartga amal qilmaslik kafolatni bekor qiladi.

• Mahsulotni havo aylanishi yaxshi bo‘lmagan joylarga (masalan, kitob tokchasi, shkaf) yoki tashqariga o‘rnatmang va yostiqlar yoki gilamlar ustiga joylashtirmang.

• Bundan tashqari uni yoritish jihozlari kabi issiqlik chiqaruvchi buyumlar bo‘lgan joylarga o‘rnatmang.

5

AC adapteri va elektr quvvati uchun ehtiyot choralari

OGOHLANTIRISH

• Agar mahsulot ichiga suv yoki boshqa moddalar kirib qolsa (TV, monitor, quvvat manbaiga ulash shnuri yoki AC adapteri), darhol quvvat manbaiga ulash shnurini uzing va xizmat ko'rsatish markaziga murojaat

qiling.

Aks holda bu mahsulotga shikast yetkazilganligi sababli yong'in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr manbaiga ulash vilkasi yoki o'zgaruvchan tok adapteriga nam qo'llaringiz bilan tegmang. Agar vilka kontaktlari nam yoki chang bo'lsa, foydalanishdan oldin ularni arting va quriting.

Aks holda bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Quvvat manbaiga ulash shnurini o'zgaruvchan tok adapteriga to'liq kirgizganligingizni tekshiring.

Agar bo'sh kiritilgan bo'lsa, yomon ulanish yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• LG Electronics, Inc tomonidan ta'minlangan yoki tasdiqlangan quvvat manbaiga ulash shnurlari va o'zgaruvchan tok adapterlaridan foydalanishga ishonch hosil qiling.

Tasdiqlanmagan mahsulotlardan foydalanish yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Quvvat manbaiga ulash shnurini uzish paytida doimo uni vilkadan torting. Quvvat manbaiga ulash shnurini ortiqcha kuch bilan bukmang.

Elektr liniyasi shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong‘inga olib kelishi mumkin.

• Quvvat manbaiga ulash shnuri yoki AC adapterini bosmang, yoki uning ustiga og'ir narsalarni (elektron jihozlar, kiyim va hokazo) qo'ymaslikka ehtiyot bo'ling. Quvvat manbaiga ulash shnuri yoki o'zgaruvchan

tok adapterini o'tkir narsalar bilan buzmaslikka ehtiyot bo'ling.

Shikastlangan quvvat manbaiga ulash shnurlari yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Hech qachon quvvat manbaiga ulash shnuri yoki o'zgaruvchan tok adapterini ochmang, ta'mirlamang yoki o'zgartirmang.

Bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabelini yerga ulangan rozetkaga ulang.

Elektr toki urishi yoki jarohatlanishingiz mumkin.

• Faqat tavsiya qilingan kuchlanishdan foydalaning.

Mahsulot shikastlanishi yoki sizni elektr toki urishi mumkin.

• Momaqaldiroq yoki chaqmoq vaqtida elektr tarmog‘iga ulash va signal kabellariga tegmang, chunki ular xavfli bo‘lishi mumkin.

Bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Bitta rozetkaga bir nechta uzaytirish kabellari, elektr jihozlari yoki elektr isitgichlarni ulamang. Faqat kompyuter bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan yerga ulash klemmasi bo‘lgan udliniteldan foydalaning.

Ortiqcha qizib ketish tufayli yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabeliga nam qo‘llaringiz bilan tegmang. Bundan tashqari vilka simlari nam yoki chang bilan qoplangan bo‘lsa, vilkani to‘liq quriting yoki changlarni artib tashlang.

Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.

6

• Agar mahsulotdan uzoq vaqt foydalanmoqchi bo‘lmasangiz, elektr tarmog‘iga ulash kabelini rozetkadan uzib qo‘ying.

Chang bilan qoplanish yong‘inga yoki izolyatsiyaning archilib qolishi elektr tokining chiqib ketishi, elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabelining vilkasini rozetkaga to‘liq kiriting.

Agar elektr tarmog‘iga ulash kabelining vilkasi rozetkaga to‘liq kiritilmagan bo‘lsa, yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Bir uchi devordagi rozetkaga ulangan elektr tarmog‘iga ulash kabelining boshqa uchiga elektr o‘tkazuvchi narsalarni (metall tayoqchalar singari) kiritmang. Bundan tashqari, devordagi rozetkaga ulagandan

keyinoq elektr tarmog‘iga ulash kabeliga tegmang.

Sizni elektr toki urishi mumkin.

• Juftlash qurilmasidan qurilmani uzish uchun foydalaniladi.

• Qurilma devor rozetkasiga yaqin o‘rnatilganligiga va rozetkaga osongina yetish mumkinligiga ishonch hosil qiling.

• Qurilma devordagi o‘zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan bo‘lsa, qurilma o‘chirilganda ham elektr quvvatidan uzilmaydi.

DIQQAT

• Rozetka, AC adapteri va elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlarini chang va boshqalardan toza saqlang.

Bu yong'inni keltirib chiqarishi mumkin.

• Mahsulotdan foydalanilayotgan vaqtda elektr tarmog‘idan uzmang.

Elektr tokining urishi mahsulotni shikastlashi mumkin.

• Faqat ushbu qurilma bilan birga berilgan elektr tarmog‘iga ulash shnuridan foydalaning. Agar siz boshqa elektr shnuridan foydalansangiz, u ta‘minotchi tomonidan berilmagan hollarda, shnur tegishli milliy standartlarga javob berishiga ishonch hosil qiling. Agar elektr tarmog‘iga ulash kabeli qandaydir tarzda shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki vakolatli ta‘mirlash markaziga murojaat qiling.

Mahsulotni tashishdagi ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

• Mahsulotning o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling.

Sizni elektr toki urishi yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Mahsulotni siljitishdan avval barcha kabellarni ajratib qo‘ying.

Sizni elektr toki urishi yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Siljitish uchun panelning old tomonini o‘zingizga qarating va uni ikkala qo‘lingiz bilan ushlang. Agar mahsulotni tushirib yuborsangiz, shikastlangan mahsulot elektr toki urishiga yoki yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin. Ta‘mirlash uchun vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

• Mahsulotning o‘chirilganligi, rozetkadan uzilganligi va barcha kabellar ajratilganligiga ishonch hosil qiling.

Kattaroq apparatni ko‘tarish uchun 2 yoki undan ko‘proq kishi kerak bo‘lishi mumkin. Apparatning old panelini bosmang yoki unga hech nimani tegizmang.

DIQQAT

• Mahsulotni tashish vaqtida uni silkitmang.

Sizni elektr toki urishi yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Mahsulotning qadoqlash qutisini tashlab yubormang. Undan mahsulotni tashiganda foydalaning.

7

8

Mahsulotdan foydalanishdagi ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

• Mahsulotni o‘zingizcha qismlarga ajratmang, ta‘mirlamang yoki o‘zgartirmang.

Yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishi halokati sodir bo‘lishi mumkin.

Tekshirish, sozlash yoki ta‘mirlash uchun xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

• Displey uzoq vaqt qarovsiz qoldirilishi kerak bo‘lgan hollarda uni devordagi rozetkadan uzib qo‘ying.

• Mahsulotni suvdan uzoqroq saqlang.

Yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishi halokati sodir bo‘lishi mumkin.

• Ekranning old va yon tomonlariga metall buyumlar bilan urmang yoki tirnamang.

Aks holda bu ekranni shikastlashi mumkin.

• Yuqori haroratlar va namlik ta‘sir etishiga yo‘l qo‘ymang.

DIQQAT

• Mahsulot yaqiniga yonuvchan moddalarni qo‘ymang yoki saqlamang.

Yonuvchan moddalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish tufayli portlash yoki yong‘in chiqishi xavfi mavjud.

• Mahsulotni tozalaganda elektr tarmog‘iga ulash kabelini rozetkadan uzing va tirnalishlarning oldini olish uchun yumshoq latta bilan yengil arting. Nam latta bilan tozalamang yoki suv hamda boshqa suyuqliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot ustiga sepmang. Elektr toki urishi yuz berishi mumkin. (Benzol, bo’yoq erituvchilar yoki spirt singari kimyoviy moddalardan foydalanmang)

• Ko‘zlaringizga zarar yetishining oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan dam oling.

• Mahsulotni doimo toza saqlang.

• Mushaklaringiz charchamasligi uchun mahsulot bilan ishlaganda qulay va tabiiy holatda joylashing.

• Mahsulot bilan uzoq vaqt ishlaganda muntazam tanaffuslar qilib turing.

• Panelni qo‘lingiz yoki mix, qalam yoki ruchka kabi o‘tkir narsalar bilan kuchli bosmang yoki uni tirnamang.

• Mahsulot bilan o‘rtangizda tegishli masofa qoldiring.

Mahsulotga juda yaqindan qarasangiz ko‘rish qobiliyatingiz shikastlanishi mumkin.

• Foydalanuvchi qo‘llanmasiga qaragan holda tegishli piksellar sonini va soatni o‘rnating.

Ko‘rish qobiliyatingiz buzilishi mumkin.

• Mahsulotni tozalaganda faqat ruxsat berilgan tozalash vositalaridangina foydalaning. (Benzol, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.)

Mahsulot deformatsiyalanishi mumkin.

• Mahsulotni suv tomchilashi yoki sachrashi ta‘siriga qo‘ymang va vaza, kosa kabi suv to‘ldirilgan buyumlarni mahsulot ustiga yoki uning yuqorisida (masalan, qurilma ustidagi tokchalarga) qo‘ymang.

• Batareyalar ortiqcha issiqlik ta‘siriga qoldirilmasligi kerak. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari, ochiq kaminlar va elektr isitgichlardan uzoqroq saqlang.

• Zaryadlovchi qurilmaga zaryadlanmaydigan batareyalarni joylashtirmang.

• Naushniklardan (garnituralardan) uzoq vaqt foydalanish yoki baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga shikast yetkazishi mumkin.

• Yumshoq lattaga 2 tadan 4 martagacha suv seping va undan old karkasni tozalashda foydalaning; faqat bir yo'nalishda arting. Haddan tashqari ortiqcha namlik dog'larni hosil qilishi mumkin.

9

KIMYOVIY

SUV

• Monitor oldida yuqori kuchlanishdan foydalanadigan mahsulotlardan foydalanmang. (mas., hashoratlarga qarshi elektr qurilma)

Uning elektr toki urishidan monitor no‘to‘g‘ri ishlashi mumkin.

Devorga o‘rnatish

• Bu mahsulotni o‘zingizcha o‘rnatmang, chunki o‘zingizga shikast yoki mahsulotga zarar yetkazishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga murojaat qiling.

10

LITSENZIYALAR

Qo‘llab-quvvatlanadigan litsenziyalar modelga qarab farq qilishi mumkin. Litsenziyalar to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar olish uchun www.lg.com

saytiga tashrif buyuring.

The terms HDMI and HDMI High-Definition Multimedia Interface, and the HDMI Logo are trademarks or registered trademarks of HDMI Licensing Administrator, Inc. in the United States and other countries.

Manufactured under license from Dolby Laboratories. Dolby, Dolby Vision, Dolby Audio, Dolby Atmos, and the double-D symbol are trademarks of Dolby Laboratories.

DTS patentlari haqida ma’lumot: http://patents.dts.com

. DTS Licensing Limited litsenziyasi ostida ishlab chiqarilgan. DTS, simvol, & DTS va simvol birga, DTS 2.0 Channel, DTS 2.0+Digital Out, DTS-HD va DTS

Virtual:X yozuvlari AQSH yoki boshqa davlatlarda DTS, Inc. kompaniyasining ro‘yxatga olingan savdo belgilari yoki savdo belgilaridir. © DTS, Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.

11

YIG‘ISH VA TAYYORLASH

DIQQAT

• Xavfsizlik va mahsulotning ishlashini ta'minlash uchun doim asl nusxali komponentlardan foydalaning.

• Mahsulot kafolati qalbaki komponentlardan foydalanish sababli zarar yoki shikastlanishni qoplamaydi.

ESLATMA

• Mahsulotingiz bilan birga beriladigan aksessuarlar model yoki hududga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin.

• Mahsulot xususiyatlari yoki ushbu qo'llanma mazmuni mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan bildirishlarsiz o'zgartirilishi mumkin.

• SuperSign dasturiy ta‘minoti va qo‘llanmasi

-

LG Electronics veb-saytidan yuklab olish.

LG Electronics veb-saytiga tashrif buyuring ( so‘nggi dasturiy ta‘minotni yuklab oling.

http://partner.lge.com

) tashrif buyuring va modelingiz uchun

• Kafolat mahsulotdan o'ta changli muhitlarda foydalanish tufayli yuzaga kelgan har qanday shikastlanishlarni qamrab olmaydi.

Ixtiyoriy aksessuarlar

Mahsulot ishlashining samaradorligini yaxshilash uchun ixtiyoriy aksessuarlar o‘zgartirilishi va yangi aksessuarlar qo‘shilishi mumkin. Ushbu qo'llanmadagi rasmlar haqiqiy mahsulot va aksessuarlardan farq qilishi mumkin.

OPS to’plami

KT-OPSA

Vintlar

(Diametri 3,0 mm x Uzunligi

8,0 mm)

Vintlar

(Diametri 3,0 mm x Uzunligi

8,0 mm)

Karta

(Oson o’rnatish yo’riqnomasi)

Elektr manbaiga ulash shnuri Ulash kabellari

12

ESLATMA

• Ixtiyoriy aksessuarlar ba‘zi bir modellar uchun mavjud. Agar kerak bo‘lsa, iltimos, ularni alohida sotib oling.

• OPS to’plami yoki Media Pleyerni biriktirishdan avval kabelni portga ulang.

Qismlar va tugmalar

: Kirish signalini o’zgartiring.

: Asosiy menyularga kiradi yoki kiritishingizni saqlaydi, va menyudan chiqadi.

: Joriy signal va rejimni namoyish qiladi.

: Manbani yoqadi yoki o‘chiradi.

13

Portret maketi

Portret maketida o'rnatganda monitorni soat mili yo'nalishida 90 darajaga aylantiring (ekranga qarab turgan holda).

O‘rnatishdan avval kronshteynlarni olib tashlang

Mahsulotni o‘rnatishdan avval har bir burchakdan himoya yostiqchalarining olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

ESLATMA

• Olib tashlangan himoya qoplamalarni korobkada saqlang, mahsulotni yana ko‘chirishda kerak bo‘lishi mumkin.

14

Panelni himoyalash uchun saqlash usuli

To'g'ri usul

1 Agar mahsulotni tik holatda o‘rnatish zarur bo‘lsa, mahsulotning har ikkala tomonidan ushlang va orqaga ehtiyotlik bilan qiyshaytiring. Panelning polga tegishiga yo‘l qo‘ymang.

Panel

2 Mahsulotni yotqizganda tekis polga yostiqcha soling. Uning ustiga mahsulotni uning panelini pastga qaratgan holda joylashtiring.

Panel

Yostiqcha

3 Agar yostiq mavjud bo‘lmasa, polning toza ekanligiga ishonch hosil qiling va keyin uning panelini pastga yoki tepaga qaratgan holda mahsulotni ehtiyotlik bilan yotqizing. Bu vaqtda biror bir buyumning panel ustiga tushib ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.

Panel

Noto'g'ri usul

1 Agar mahsulot uyachaga qiyshaytirilgan holda solinsa, panelning quyi qismi shikastlanishi mumkin.

15

Panel

2 Agar mahsulot panel burchagiga og‘dirilganda panelning pastki qismiga zarar yetishi mumkin.

Panel

16

Devorga o‘rnatish

Monitorni devorga o‘rnatish uchun (ixtiyoriy) uni biriktirgani aksessuar sifatida birga berilgan VESA vintlaridan foydalaning.

Monitorni devordan kamida 200 mm masofada o‘rnating va yetarli darajada havo aylanishini ta’minlash uchun monitorning har bir tomonida kamida 100 mm bo‘sh joy qoldiring. VESA standartiga mos keluvchi devorga o‘rnatish plitasi va vintlardan foydalaning.

100 mm

200 mm

100 mm 100 mm

100 mm

DIQQAT

• Elektr toki urishining oldini olish uchun monitorni ko‘chirish yoki o‘rnatishdan avval quvvat manbaiga ulash shnurini ajrating.

• Agar siz monitorni shiftga yoki qiya devorga o‘rnatsangiz, u tushib ketishi va jiddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin. Ruxsat berilgan LG devorga o‘rnatish qurilmasidan foydalaning va o‘rnatishda yordam berish uchun mahalliy dilerga yoki malakali texnik xodimlarga murojaat qiling.

• Vintlarni haddan tashqari qattiq qotirmang, chunki bu monitorga shikast yetkazishi va kafolatlarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

• VESA standartlariga javob beruvchi vintlar va devorga o‘rnatish kronshteynlaridan foydalaning. Noto‘g‘ri foydalanish yoki mos bo‘lmagan aksessuarlardan foydalanish tufayli yetkazilgan har qanday shikastlar yoki jarohatlar kafolat bilan qamrab olinmaydi.

ESLATMA

• Mahsulotni shamollatilmaydigan joylarga (masalan, kitob tokchasi yoki devor shkafiga) yoki gilam, yoki yostiqcha ustiga o'rnatmang. Mahsulotni devorga o'rnatishdan boshqa iloji bo'lmasa, o'rnatishdan avval

o'rnatiladigan joyning yetarli darajada shamollatilishiga ishonch hosil qiling.

Bunday qilmaslik ichki haroratning ortishi tufayli yong'inga olib kelishi mumkin.

• Rasmda o’rnatishning umumiy misoli ko’rsatilgan va asl mahsulotdan farq qilishi mumkin.

Monitorni devorga qotirish (ixtiyoriy)

(Modelga bog‘liq ravishda)

1 Teshikli boltlar yoki kronshteynlarni hamda monitor orqasidagi boltlarni kiriting va qotiring.

Agar teshikli boltlar joyida boltlar allaqachon kiritilgan bo’lsa, avval boshqa boltlarni olib tashlang.

2 Devorga o‘rnatish kronshteynlarini boltlar bilan devorga o‘rnating. Devorga o’rnatish kronshteyni va mahsulotning orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashgan o’rinlarini moslashtiring.

3 Teshikli boltlar va devorga o’rnatish kronshteynlarini mustahkam shnur bilan ulang.

Mahkamlash shnurining pol yuzasi bilan gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.

OGOHLANTIRISH

• Agar monitor yetarli darajada barqaror bo’lmagan joyga o’rnatilsa, uning yiqilib tushish xavfi mavjud bo’ladi. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish bilan ko‘pgina shikastlanishlarning, ayniqsa bolalarning shikastlanishlarini oldini olish mumkin:

Faqat monitorni mahkam ushlab turishi mumkin bo’lgan mebellardan foydalanish.

Monitorning ushlab turuvchi mebel qirrasidan ortiqcha osilib turmaganligiga ishonch hosil qilish.

-

Mebel va monitorni turg’un tayanchga anker boltlar bilan qotirmasdan turib mahsulotni baland mebellarga (masalan, shkaf yoki kitob javoni) joylashtirmaslik.

Monitor va tayanch mebel o’rtasiga kiyimlar yoki boshqa materiallarni joylashtirmaslik.

Bolalarni monitor va uning ichidagilarga yetishi uchun mebel ustiga sakrab chiqishning xavfli ekanligi to’g’risida ogohlantirish.

DIQQAT

• Bolalarning monitor ustiga chiqmasliklari yoki osilmasliklariga ishonch hosil qiling.

17

18

ESLATMA

• Mahsulotni ishonchli tarzda ushlab turish uchun yetarli darajada mustahkam va katta bo’lgan platforma yoki shkafdan foydalaning.

• Kronshteynlar, boltlar va shnurlar alohida sotib olinadi. Siz boshqa yordamchi qurilmalarni mahalliy chakana savdo do’konidan olishingiz mumkin.

• Rasmda o’rnatishning umumiy misoli ko’rsatilgan va asl mahsulotdan farq qilishi mumkin.

Tashqi Jihozni O’rnatish

IQ qabul qilgichi

Bu masofadan boshqarish pulti sensorini istalgan joyga o'rnatishga imkon beradi.

Keyin o'sha displey boshqa displeylarni RS-232C kabeli orqali boshqarishi mumkin.

Plitkali displeylar

Qurilma qanday o'rnatiladi

2 x 2 plitkalashga misol

VESA devorga o‘rnatish moslamasini biriktirish uchun vintlardan foydalangan holda qurilmani devorga o‘rnatish plitkasi yoki devorga o‘rnating.

VESA devorga o‘rnatish moslamasini biriktirish uchun vintlar (M6)

19

600

(Birlik: mm)

20

Qurilmalarni birlashtirish usuli

• Qo‘shimcha to‘plamlarni o‘rnatishdan oldin himoya qoplamasini mahsulot ustiga yoying.

1 VESA devorga mahkamlash burama mixlari yordamida qo‘shimcha to‘plamlarni avval ta’riflangan usulda o‘rnating.

(M4 x L6)

21

2 Mozaykalash yo‘riqnomasi yordamida to‘plamlar orasidagi bo‘shliqni sozlang va himoya qoplamasini olib tashlang.

≥ 1 mm

3 2 x 2 mozaykalash yakunlandi. Bir xil usulda 3 x 3 mozaykalashning turli xususiyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

To‘plam to‘liqligi (2 x 2 mozaykalash yakunlandi)

DIQQAT

• Qo‘shimcha to‘plamni o‘rnatishdan oldin himoya qoplamasini yoyishdagi xatolik panel zararlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

22

ESLATMA

• Har bir qurilmaga tushadigan yuklanish VESA devorga o‘rnatish moslamasidan (600 x 400) foydalangan holda devorga o‘rnatish plitkasi yoki devor tomonidan ushlab turilishi kerak.

• Har bir qurilmaga tushadigan yuklanish VESA devorga o‘rnatish moslamasidan foydalangan holda devorga o‘rnatish plitkasi tomonidan ushlab turilishi kerak. (Har bir qurilma devorga o‘rnatish plitkasi yoki devorga mustahkam mahkamlanishi kerak.)

• Siz qurilmani plitkalash yo‘riqnomasidan foydalanmasdan o‘rnatishingiz mumkin; bu qurilmaning ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

• Vintlar qutidagi boshqa komponentlar, jumladan, plitkalash yo‘riqnomalari bilan yopilgan holda bo‘ladi.

MASOFADAN BOSHQARISH PULTI

Ushbu qo‘llanmadagi tavsiflar masofadan boshqarish pultidagi tugmalarga asoslangan. Iltimos, ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va monitordan to‘g‘ri foydalaning. Batareyalarni almashtirish uchun batareyalar bo‘lmasi qopqog‘ini oching, batareyalarni (1,5 V AAA) va uchlari bo‘lma ichidagi yorliqqa mos keladigan tarzda joylashtiring, va batareyalar bo‘lmasi qopqog‘ini yoping. Batareyalarni olib tashlash uchun o‘rnatish harakatlarini teskari tartibda bajaring. Rasmlar haqiqiy aksessuarlardan farq qilishi mumkin.

23

DIQQAT

• Eski va yangi batareyalarni aralashtirmang, chunki bu masofadan boshqarish pultini shikastlashi mumkin.

• Masofadan boshqarish pultini monitordagi masofadan boshqarish sensoriga yo‘naltirganligingizga ishonch hosil qiling.

• Masofali boshqaruvning ayrim xususiyatlari ba'zi modellarda qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.

• Mahsulotning ichki va tashqi batareyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida, yong‘inga yaqin yoki shu kabi narsalar ta’siri ostida bo‘lmasligi lozim.

(QUVVAT) Monitorni yoqadi yoki o‘chiradi.

Monitorni yoqadi.

Monitorni o‘chiradi.

Energiya sarfini kamaytirish uchun tasvir yorqinligini rostlaydi.

(KIRITISH) Kiritish rejimini tanlaydi.

Bu model buni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Raqam yoki alifbo o‘rtasida almashadi.

Raqamli va harfli tugmalar

O‘rnatishga bog‘liq ravishda raqamli yoki harfli belgilarni kiriting. (Modelga bog'liq ravishda bu xususiyat qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)

Kiritilgan raqam yoki harfni o‘chiradi. (Modelga bog'liq ravishda bu xususiyat qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)

Tovush balandligini ko‘tarish/pasaytirish tugmasi Tovush balandligini sozlaydi. (Bu model buni qo‘llab-quvvatlamaydi.)

Tomonlar nisbati rejimini tanlaydi.

Tasvir holatini avtomatik ravishda sozlaydi va tasvir noturg‘unligini kamaytiradi (Faqat RGB kirishi uchun mavjud). (Modelga bog'liq ravishda bu xususiyat qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)

(OVOZNI O’CHIRISH) Barcha ovozlarni o‘chiradi. (Bu model buni qo‘llabquvvatlamaydi.)

Displey yorqinligini rostlaydi.

Bu model buni qo‘llab-quvvatlamaydi.

",#

24

Tasvir rejimini tanlaydi.

(BOSH SAHIFA) Ishga tushirgichni faollashtiradi.

Oq balansi menyusiga kiradi.

(PARAMETRLAR) Asosiy menyularga kiradi yoki kiritganlaringizni saqlaydi va menyulardan chiqadi.

SuperSign menyusi tugmasi. (Modelga bog'liq ravishda bu xususiyat qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)

Yo‘naltiruvchi tugmalar Menyular yoki parametrlar bo‘yicha aylantiradi.

Menyular yoki parametrlarni tanlaydi va siz kiritgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

(ORQAGA) Foydalanuvchi o‘zaro aloqasi funksiyasida bir qadam orqaga o‘tishga imkon beradi.

Barcha Ekran menyusi vazifalari va ilovalaridan chiqish.

Sizga multimediadan zavqlanish uchun SimpLink menyusi orqali shunchaki masofadan boshqarish pultidan foydalanib turli multimedia qurilmalarini boshqarishingizga imkon beradi. (Modelga bog'liq ravishda bu xususiyat qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)

TILE rejimini tanlaydi.

Tasvirning identifikatsion raqami qurilma identifikatsion raqamiga mos bo‘lganda siz o‘zingiz xohlagan monitorni multi-displey formatida boshqarishingiz mumkin.

USB Menyusini boshqarish tugmalari Mediani o‘ynatishni boshqaradi. (Bu model buni qo‘llab-quvvatlamaydi.)

ULANISHLARNI BAJARISH

Siz monitoringizga turli tashqi qurilmalarni ulashingiz mumkin. Kiritish rejimini o'zgartiring va o'zingiz ulamoqchi bo'lgan tashqi qurilmani tanlang. Tashqi qurilmalarni ulash to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun har bir qurilma bilan birga berilgan foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang.

ShKga ulash

Kabellardan ayrimlari birga berilmaydi. Bu monitor xususiyatini qo'llab-quvvatlaydi.

* : Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan ulangan qurilmalarni yongan vaqtda qurilmani sozlamasdan turib yoki foydalanuvchining aralashuvisiz tanib olishga imkon beruvchi xususiyat.

Tashqi qurilma ulanishi

HD qabul qilgichi, DVD yoki VCR pleyerni monitorga ulang va tegishli kirish rejimini tanlang.

Kabellardan ayrimlari birga berilmaydi. Eng yaxshi tasvir va ovoz sifatiga erishish uchun tashqi qurilmalarni monitorga HDMI kabellari orqali ulash tavsiya qilinadi.

25

26

ESLATMA

• Eng yaxshi tasvir sifatiga erishish uchun HDMI ulanishiga ega bo’lgan monitordan foydalanish tavsiya qilinadi.

• Mahsulot texnik xususiyatlariga amal qilish uchun 15 tishchali D-sub kabeli yoki DVI-D/HDMI kabeli kabi izolyatsiyalangan temir o’zakli interfeys kabelidan foydalaning.

• Yuqori tezlikdagi HDMI ® /™ kabeldan foydalaning.

• HDMI logotipi yopishtirilgan sertifikatlangan kabeldan foydalaning. Agar sertifikatlangan HDMI kabelidan foydalanmasangiz, ekran namoyish qilmasligi yoki ulanish xatoligi yuz berishi mumkin.

• Tavsiya qilingan HDMI kabel turlari

-

-

Yuqori tezlikdagi HDMI ® /™ kabel

Ethernetga ega bo‘lgan Yuqori tezlikdagi HDMI ® /™ kabeli

• Agar siz HDMI rejimida hech qanday tovushni eshita olmasangiz, kompyuteringiz parametrlarini tekshiring.

Ayrim kompyuterlar sukut bo‘yicha o‘rnatilgan audio chqishni qo‘lda HDMI-ga o‘zgartirishni talab qilishi mumkin.

• Agar HDMI-PC rejimidan foydalanishni istasangiz, PC/DTV-ni PC (Kompyuter) rejimiga o‘rnatishingiz kerak.

• Agar siz HDMI-PC rejimidan foydalansangiz, moslik bilan bog’liq muammolarga duch kelishingiz mumkin.

• Elektr tarmog'iga ulash shnurining uzilganligiga ishonch hosil qiling.

• O’yin qurilmasini monitorga ulash uchun o’yin qurilmasi bilan birga berilgan kabeldan foydalaning.

• Yuqori tezlikdagi HDMI ® /™ kabellari HD (Yuqori aniqlikdagi) signallarni 1080p va undan balandroq tezlikda o’tkazadi.

• Standart Macintosh adapteridan foydalaning, chunki bozorda mos kelmaydigan adapterlar mavjud.

(Boshqacha signal uzatish tizimi)

• Apple kompyuterlarini monitorga ulash uchun adapter talab qilinishi mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun ularga qo'ng'iroq qiling yoki veb-saytlariga tashrif buyuring.

• Tashqi audio qurilmasini ulaganda audio kuchaytirgichiga ega bo‘lgan qurilmadan foydalaning.

DIQQAT

• Signal kiritish kabelini ulang va vintlarni soat mili yo‘nalishida aylantirish orqali uni qotiring.

• Ekranni barmoqlaringiz bilan uzoq vaqt bosmang, chunki bu ekranning vaqtinchalik buzilishiga olib kelishi mumkin.

• Harakatsiz tasvirlarni ekranda uzoq vaqt namoyish qilmang, bu tasvir izi saqlanib qolishigaga olib keladi.

Mumkin bo‘lsa, ekran saqlagichdan foydalaning.

• Monitor yaqinidagi simsiz ulanuvchi qurilma tasvirga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritish ro‘yxatidan foydalanish

(BOSH SAHIFA) →

DVI IN

AUDIO OUT

DVI OUT

AUDIO IN

DVI IN

AUDIO IN

DVI OUT

AUDIO OUT

Shleyfli ulanishli monitorlar

Bir nechta mahsulotdan foydalanish uchun avval tashqi qurilmani mahsulotga ulang, kiruvchi signal kabelining bir uchini mahsulotning ulagichiga ulang va undan so‘ng boshqa uchini esa ulanmoqchi bo‘lgan mahsulotingizning ulagichiga ulang.

DP IN DP OUT DP IN DP OUT DP IN DP OUT

27

HDMI IN DP OUT DP IN DP OUT DP IN DP OUT

DVI IN DP OUT DP IN DP OUT DP IN DP OUT

LAN IN LAN OUT LAN IN LAN OUT LAN IN LAN OUT

RS-232C

IN

RS-232C

OUT

RS-232C

IN

RS-232C

OUT

RS-232C

IN

RS-232C

OUT

ESLATMA

• Agar mahsulot va ShK o'rtasidagi signal kabeli haddan tashqari uzun bo'lsa, albatta Kuchaytirgich yoki optik kabeldan foydalaning.

• HDCP-ni qo‘llab-quvvatlaydigan kirish manbaining ishlashiga bog‘liq ravishda ketma-ket zanjirli video chiqishi cheklangan bo‘lishi mumkin.

28

MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH

Tasvir ko'rsatilmayapti.

Muammo

Mahsulotning elektr manbaiga ulash kabeli ulanganmi?

"Noto‘g‘ri format" xabari namoyish qilinmoqdami?

"Signal yo‘q" xabari namoyish qilinmoqdami?

Harakat

• Quvvat manbaiga ulash shnurining rozetkaga to'g'ri ulanganligini tekshiring.

• Kompyuterdan (videokartadan) keluvchi signal mahsulotning vertikal yoki gorizontal chastotasi diapazonidan tashqarida.

Ushbu qo‘llanmadagi Texnik xususiyatlari bo‘limiga qaragan holda chastota diapazonini sozlang.

• ShK bilan mahsulot o‘rtasidagi signal kabeli ulanmagan. Signal kabelini tekshiring.

• Kiritish signalini tekshirish uchun kiritish menyusiga kiring.

Mahsulot ulanganda "Noma‘lum mahsulot" xabari paydo bo‘ladi.

Muammo

Drayverni o‘rnatganmisiz?

Harakat

• Videokarta foydalanuvchi qo'llanmasiga qaragan holda

funksiyasining qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.

Ekrandagi tasvir g‘alati ko‘rinmoqda.

Muammo

Ekran holati noto‘g‘rimi?

Ekran g‘alati namoyish qilinmoqda.

Yoqilganda ekran jimirlaydi.

Harakat

• Videokartaning tasvir aniqligi va chastotasi mahsulot tomonidan qo'llab-quvvatlanishini tekshiring. Agar chastota diapazondan tashqarida bo‘lsa, Boshqaruv panelidagi "Displey" sozlamalarida tavsiya etilgan chastotani o‘rnating. (Operatsion tizimga qarab parametrlar farq qilishi mumkin.)

• Signal portiga to'g'ri kiritish signali ulanmagan. Manba kiritish signaliga mos keluvchi signal kabelini ulang.

• Atrof sovuq bo‘lgan vaqtda monitorni yoqqaningizda ekran miltillashi mumkin. Bu oddiy holat.

Mahsulotda qoldiq tasvir hosil bo'ladi.

Muammo

Mahsulot o'chirilganda qoldiq tasvir paydo bo'ladi.

Harakat

• Agar siz harakatsiz tasvirlardan uzoq vaqt foydalansangiz, piksellar shikastlanishi mumkin. Ekran saqlagichi funksiyasidan foydalaning.

• Yuqori kontrastli (oq-qora yoki kulrang) tasvirdan keyin qora tasvir namoyish qilinganda bu qoldiq tasvirga olib kelishi mumkin. LCD ekrani mahsulotlari uchun bu oddiy holat.

Ekran rangi g'alati.

Ekranning rang aniqligi past (16 ta rang).

Muammo

Ekran rangi barqaror emas yoki bitta rangda.

Rangli soha ekranda ko‘rsatilsinmi?

Harakat

• Ranglar sonini 24 bitdan ko‘proqqa (haqiqiy ranglar) o‘rnating.

Windows-da (Boshqaruv paneli → Displey → Parametrlar →

Rang jadvali)-ni tanlang. (Operatsion tizimga qarab parametrlar farq qilishi mumkin.)

• Signal kabelining ulanish holatini tekshiring. Yoki ShK videokartasini qaytadan kiriting.

• Ekranda bir nechta piksel (qizil, yashil, ko'k, oq yoki qora rangdagi) paydo bo'lishi mumkin, buni LCD panelining o'ziga xos xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Bu LCD-ning noto'g'ri ishlashi emas.

Ishlatish oddiy holda bormayapti.

Muammo

Quvvat to‘satdan o‘chirildi.

Harakat

• Taymer o'rnatilganmi?

• Quvvat boshqaruvi parametrlarini tekshiring. Elektr ta‘minoti uzilgan.

Audio funksiyasi ishlamaydi.

Muammo

Tovush yo‘qmi?

Tovush haddan tashqari o‘tmas.

Ovoz haddan tashqari past.

Harakat

• Audio kabelining to‘g‘ri ulanganligini tekshiring.

• Tovushning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshiring.

• Mos ekvalayzer ovozini tanlang.

Tashqi qurilma ovoz balandligini sozlang.

ESLATMA

• Dasturiy ta’minotga oid kontent mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan bildirishlarsiz o‘zgartirilishi mumkin.

29

30

DIQQAT

• Doimiy o’zgarib turuvchi tasvirlardan foydalanganda qoldiq tasvir hosil bo’lmaydi, biroq harakatsiz tasvirdan uzoq vaqt foydalanganda qoldiq tasvir hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham harakatsiz tasvirlardan foydalanganda qoldiq tasvir hosil bo’lish ehtimolligini kamaytirish uchun quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishingiz tavsiya qilinadi. Ekranni minimum har 12 soatda kamida bir marta o’zgartirish tavsiya qilinadi; agar bu ko’proq bajarilsa, qoldiq tasvirning oldini olish samaraliroq bo’ladi.

Tavsiya qilingan ishlatish sharoitlari

1 Bir xil vaqt oralig’idan foydalangan holda fon va belgilar ranglarini o’zgartiring.

ID: UPM 123

PW: ****

ID: UPM 123

PW: ****

Ranglarni o’zgartirganda qo’shimcha ranglardan foydalanish qoldiq tasvirning oldini olishga yordam beradi.

CF

BM

CF

Glass

BM

OC

PI

LC

PI

TFT Layers

Glass

ITO yoki MoTi Pixel Layer

CF

BM

CF

2 Bir xil vaqt oralig’idan foydalangan holda tasvirni o’zgartiring.

Belgilar yoki tasvirlarning tasvirni o’zgartirgandan so’ng tasvir o’zgartirmasdan avvalgi joyini o’zgartirmaganligiga ishonch hosil qiling.

Qoldiq tasvir nima?

LCD panel qo’zg’almas tasvirni uzoq vaqt namoyish qilsa, bu suyuq kristallarda ishlovchi elektrodlar o’rtasidagi kuchlanish farqining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan elektrodlar o’rtasida kuchlanishlar farqi vujudga kelganda suyuq kristallarda bitta yo’nalishdagi bitta chiziqda qolishga moyillik mavjud bo’ladi. Bu jarayon davomida avval namoyish qilingan tasvirlar ko’ringan holda qoladi. Bu hodisa

“qoldiq tasvir” deb nomlanadi.

MAHSULOT TEXNIK XUSUSIYATLARI

Quyida ko’rsatilgan mahsulot xususiyatlari mahsulot funktsiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan bildirishlarsiz o’zgartirilishi mumkin.

“ " o‘zgaruvchan tokni anglatadi (AC) va “ " o‘zgarmas tokni anglatadi (DC).

LCD ekran

Video signal

Ekran turi

Maksimal tasvir aniqligi

Tavsiya qilingan piksellar soni

Gorizontal chastota

Vertikal chastota

Kirish/chiqish portlari

Sinxronlashtirish

Yupqa Plyonkali Tranzistor (TFT)

LCD (Liquid Crystal Display - Suyuq Kristalli Displey) ekran

HDMI1 / HDMI2 / DisplayPort: 3840 x 2160 @ 30 Hz

DVI-D / OPS: 1920 x 1080 @ 60 Hz

Bu ba'zi bir OT yoki videokarta turlarida qo'llabquvvatlanmasligi mumkin.

1920 x 1080 @ 60 Hz

Bu ba'zi bir OT yoki videokarta turlarida qo'llabquvvatlanmasligi mumkin.

HDMI1 / HDMI2 / DisplayPort / DVI-D / OPS: 30 kHz dan

83 kHz gacha

DVI-D / OPS: 56 Hz dan 60 Hz gacha

HDMI1 / HDMI2 / DisplayPort: 30 Hz, 56 Hz dan 60 Hz gacha

Alohida sinxronlashtirish, Raqamli

Ichki qurilgan batareya

Atrof-muhit sharoitlari

Ishlatish harorati

Ishlatish namligi

Saqlash harorati

Saqlash namligi

Bor

0 °C dan 40 °C gacha

10 % dan 80 % gacha

-20 °C dan 60 °C gacha

5 % dan 85 % gacha

31

32

55SVM5F

LCD ekran

Quvvat

Piksel balandligi 0,630 mm (H) x 0,630 mm (V)

Tegishli kuchlanish AC 100-240 V ~ 50/60 Hz, 2,7 A

Quvvat iste'moli Yoqish rejimi: 200 W (Tur.)

Uyqu rejimi: ≤ 0,5 Vt

O'chirilgan rejimda: ≤ 0,5 Vt

O‘lchamlari (Eni x Bo‘yi x Chuqurligi) / Og‘irligi 1210,51 mm x 681,22 mm x 86,5 mm / 16,8 kg

55SVH7F

LCD ekran

Quvvat

Piksel balandligi 0,630 mm (H) x 0,630 mm (V)

Tegishli kuchlanish AC 100-240 V ~ 50/60 Hz, 2,7 A

Quvvat iste'moli Yoqish rejimi: 210 Vt (Tur.)

Uyqu rejimi: ≤ 0,5 Vt

O'chirilgan rejimda: ≤ 0,5 Vt

O‘lchamlari (Eni x Bo‘yi x Chuqurligi) / Og‘irligi 1210,51 mm x 681,22 mm x 86,5 mm / 16,8 kg

DVI-D / HDMI1 / HDMI2 / DisplayPort / OPS (PC)-ni qo‘llab-quvvatlash rejimi

Piksellar soni Gorizontal chastota (kHz)

800 x 600 37,879

1024 x 768

1280 x 720

48,363

44,772

1280 x 1024

1366 x 768

1680 x 1050

1920 x 1080

3840 x 2160

63,981

47,712

65,29

67,5

67,5

Vertikal chastota (Hz)

60,317

60

59,855

60,02

59,79

59,954

60

30

Izoh

HDMI1 / HDMI2 /

DisplayPort

HDMI1 / HDMI2 / DisplayPort / OPS (DTV)ni qo‘llab-quvvatlash rejimi

Piksellar soni Gorizontal chastota (kHz)

480/60p 31,469

576/50p 31,25

720/50p

720/60p

1080/50i

1080/60i

37,5

45

28,1

33,75

1080/50p

1080/60p

1080/60p

2160/24p

56,25

67,432

67,5

54

Vertikal chastota (Hz)

59,94

50

50

60

50

60

50

59,94

60

24

2160/25p

2160/30p

56,25

67,5

25

30

Izoh

HDMI1 / HDMI2 /

DisplayPort

HDMI1 / HDMI2 /

DisplayPort

HDMI1 / HDMI2 /

DisplayPort

33

34

ESLATMA

• Kabel DVI-D, HDMI yoki DisplayPort ulanganda siz ixtiyoriy ravishda ShK/DTV rejimini tanlashingiz mumkin. ShKga ulaganda ShK rejimini va boshqa qurilmalarga ulaganda DTV rejimini tanlash tavsiya qilinadi. DTV rejimi ShK rejimidan boshqa barcha rejimlarni ko‘zda tutadi.

• Gorizontal chastota: Gorizontal oraliq bu bitta gorizontal chiziqni namoyish qilish uchun ketadigan vaqtdir.

1 gorizontal oraliqqa bo‘linganda har soniyada namoyish qilingan gorizontal chiziqlar soni gorizontal chastota sifatida qaralishi mumkin. O‘lchov birligi: KHz.

• Vertikal chastota: Mahsulot fluoresent chiroq kabi ekrandagi tasvirni har soniya o‘nlab marta o‘zgartirish orqali funksiyalarni namoyish qiladi. Vertikal chastota yoki yangilash tezligi, - har soniyada namoyish qilinadigan tasvirlar sonidir. O‘lchov birligi: Hz.

This product qualifies for ENERGY

STAR®.

Changing the factory default configuration and settings or enabling certain optional features and functionalities may increase energy consumption beyond the limits required for ENERGY STAR® certification.

Refer to ENERGYSTAR.gov for more information on the ENERGY

STAR® program.

Mahsulotning rusumi va seriya raqami mahsulotning orqa paneli va yon tomonida ko'rsatilgan. Xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlar uchun ularni quyida yozib qo‘ying.

RUSUMI

SERIYA RAQAMI

Ushbu qurilmani YOQQANDA yoki

O'CHIRGANDA vaqtinchalik shovqin chiqishi oddiy holat hisoblanadi.

advertisement

Key Features

  • Brightness(Typ.) : 500 nits
  • Bezel : 0.44 mm (Even)
  • Depth : 86.5 mm
  • Surface Treatment: Haze 28%
  • Interface : HDMI(2)/ DP/ DVI-D/ USB 2.0/ RS232C/ RJ45/ Audio/ IR
  • Smart Calibration

Related manuals