LG 86BH7C-B Quick guide

Add to My manuals
32 Pages

advertisement

LG 86BH7C-B Quick guide | Manualzz

FOYDALANUVCHI QO'LLANMASI

LG Digital

Signage

(SIGNAGE MONITORI)

Iltimos, televizoringizdan foydalanishdan avval ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qib chiqing va undan keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo'ying.

86BH5C

86BH7C www.lg.com

Copyright © 2017 LG Electronics Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.

2

MUNDARIJA

EHTIYOTKORLIK CHORALARI .......3

-Mahsulotni o‘rnatishdagi ehtiyotkorlik choralari .................................................................................3

-AC adapteri va elektr quvvati uchun ehtiyot choralari .................................................................................5

-Mahsulotni tashishdagi ehtiyotkorlik choralari .................................................................................7

-Mahsulotdan foydalanishdagi ehtiyotkorlik choralari .................................................................................7

-Devorga o‘rnatish ..............................................................8

LITSENZIYALAR .............................9

YIG‘ISH VA TAYYORLASH .......... 11

-Ixtiyoriy aksessuarlar ...................................................12

-Qismlar va tugmalar .....................................................14

-Tashqi Jihozni O’rnatish ...............................................14

Infraqizil Nurlari Qabul Qilgichi

-Portret maketi .................................................................15

-O'rnatishdan oldin yon tomonlardan himoya plastik plyonkasini olib tashlash ............................15

-Devorga o‘rnatish ...........................................................17

MASOFADAN BOSHQARISH

PULTI ........................................... 19

ULANISHLARNI BAJARISH ........ 21

-ShKga ulash ......................................................................21

-Tashqi qurilma ulanishi ................................................21

-Bir nechta monitorni ulash .......................................23

-Kiritish ro‘yxatidan foydalanish ..............................24

NOSOZLIKLARNI BARTARAF

QILISH ......................................... 25

MAHSULOT TEXNIK

XUSUSIYATLARI ......................... 28

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu ehtiyotkorlik choralarini diqqat bilan o‘qib chiqing.

OGOHLANTIRISH

Agar siz ogohlantiruvchi xabarga e‘tibor qaratmasangiz, jiddiy jarohatlanishingiz yoki bu halokatlar yoki o‘limga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Agar siz diqqat xabariga e‘tibor qaratmasangiz, yengil jarohatlanishingiz yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

OGOHLANTIRISH

• Faqat xonadon ichida foydalanish uchun.

Mahsulotni o‘rnatishdagi ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

• Elektr isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlang.

- Elektr toki urishi, mahsulotning noto‘g‘ri ishlashi yoki deformatsiyalanish sodir bo‘lishi mumkin.

• Namga qarshi qadoqlash materiallari yoki vinil qadoqni bolalarning qo‘llari yetmaydigan joylarda saqlang.

- Namga qarshi material yutilganda xavfli hisoblanadi. Bilmasdan yutib yuborilgan hollarda chiqarib tashlang va shifokordan yordam oling. Bundan tashqari vinil qadoq bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkin. Uni bolalarning qo‘llari yetmaydigan joylarda saqlang.

• Mahsulot ustiga og‘ir buyumlarni qo‘ymang yoki uning ustiga o‘tirmang.

- Mahsulot sinib ketsa yoki tushirib yuborilsa, shikastlanishingiz mumkin. Bolalar ayniqsa juda ehtiyot bo‘lishlari lozim.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabeli yoki signal kabelini odamlar o‘tadigan yo‘lakchada qarovsiz tashlab qo‘ymang.

- O‘tib ketayotgan shaxs qoqilishi yoki yiqlishi va bu elektr toki urishi, yong‘in chiqishi, mahsulotning buzilishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

• Mahsulotni toza va quruq joyga o‘rnating.

- Chang va namlik elektr toki urishi, yong‘in chiqishi yoki mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Agar siz tutun hidi yoki boshqa hidlarni sezsangiz, hamda g‘alati tovushlarni eshitsangiz, mahsulotni elektr tarmog‘idan uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

- Agar kerakli choralarni ko‘rmasdan turib foydalanishni davom ettirsangiz, elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishi sodir bo‘lishi mumkin.

• Agar mahsulotni tushirib yuborsangiz yoki korpusi singan bo‘lsa, mahsulotni o‘chiring va elektr tarmog‘iga ulash kabelini uzing.

- Agar kerakli choralarni ko‘rmasdan turib foydalanishni davom ettirsangiz, elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishi sodir bo‘lishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

• Mahsulot ustiga buyumlarni tashlamang yoki uni hech qanday ta‘sir ostiga qo‘ymang. Mahsulot ekraniga o‘yinchoqlar yoki boshqa buyumlarni otmang.

- Bu odamlarning jarohatlanishi, mahsulot bilan bog‘liq muammolar va displeyning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Uni tashqi qurilmaga ulaganda mahsulotning tushib ketishiga yoki yiqilishiga yo‘l qo‘ymang.

- Bu jarohatlanish va/yoki mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

3

4

• Uni o‘yin qurilmasiga ulaganda, qurilma bilan oradagi masofaning ekran o‘lchamidan to‘rt marta ko‘p bo‘lishini ta‘minlang.

- Agar kabelning qisqaligi tufayli mahsulot yiqilib tushsa, bu jarohatlanish va/yoki mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

• Ekranda harakatsiz tasvirni uzoq vaqt qoldirish ekranga shikast yetkazishi va ekranda qoldiq tasvirga olib kelishi mumkin. Mahsulotdan uzoq vaqt foydalanish uchun ShKda ekran saqlagich dasturidan foydalaning yoki mahsulotdagi qoldiq tasvir hosil bo‘lishiga qarshi funksiyani ishlating, va mahsulotdan foydalanilmayotgan vaqtda uni o‘chirib qo‘ying.

Qoldiq tasvir hosil bo‘lishi va u bilan bog‘liq muammolar ushbu mahsulotga berilgan kafolat doirasiga kirmaydi.

• Bu mahsulotni yog‘ bug‘lari yoki tuman ta‘siriga uchrashidan iborat yuqori xatarga ega bo‘lgan joydagi devorga o‘rnatmang.

- Bu mahsulotning shikastlanishiga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

• Mahsulotning havo almashtirish tirqishlarining to‘sib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qiling. Mahsulotni mos bo‘lgan keng joylarga (devordan kamida 100 mm masofada) o‘rnating

- Agar mahsulotni devorga juda yaqin o‘rnatsangiz, ichki issiqlik tufayli u deformatsiyalanishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.

• Dasturxon yoki parda kabilar bilan mahsulotning havo almashtirish tirqishini to‘sib qo‘ymang.

- Mahsulot ichining ortiqcha qizib ketishi tufayli u deformatsiyalanishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.

• Mahsulotni yiqilib ketish xavfi bo‘lmagan tekis va qattiq joylarga o‘rnating.

- Agar mahsulot tushib ketsa, jarohatlanishingiz yoki mahsulot ishdan chiqishi mumkin.

• Mahsulotni elektromagnit xalaqitlar bo‘lmaydigan joylarga o‘rnating.

• Mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta‘siridan saqlang.

- Mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Agar siz mahsulotni tavsiya qilingan shartlarga javob bermaydigan joylarga o‘rnatsangiz, bu mahsulot ko‘rsatadigan tasvir sifati, mahsulotning ishlash muddati va ko‘rinishiga jiddiy shikast yetkazishi mumkin. Iltimos, o‘rnatishdan avval LG yoki malakali o‘rnatuvchi bilan maslahatlashing. Bu ogohlantirish mayda chang zarralari va moy bug‘lari ko‘p bo‘lgan, kimyoviy moddalardan foydalaniladigan, harorat juda past yoki juda baland, namlik darajasi juda yuqori bo‘lgan yoki mahsulotning uzoq vaqt yoqilgan holatda turish ehtimoli bo‘lgan (aeroport va poyezd vokzallari) joylarga tegishlidir. Bu shartga amal qilmaslik kafolatni bekor qiladi.

• Mahsulotni havo aylanishi yaxshi bo‘lmagan joylarga (masalan, kitob tokchasi, shkaf) yoki tashqariga o‘rnatmang va yostiqlar yoki gilamlar ustiga joylashtirmang.

• Bundan tashqari uni yoritish jihozlari kabi issiqlik chiqaruvchi buyumlar bo‘lgan joylarga o‘rnatmang.

5

AC adapteri va elektr quvvati uchun ehtiyot choralari

OGOHLANTIRISH

• Agar mahsulot ichiga suv yoki boshqa moddalar kirib qolsa (TV, monitor, quvvat manbaiga ulash shnuri yoki AC adapteri), darhol quvvat manbaiga ulash shnurini uzing va xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

- Aks holda bu mahsulotga shikast yetkazilganligi sababli yong'in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr manbaiga ulash vilkasi yoki AC adapteriga nam qo'llaringiz bilan tegmang. Agar vilka kontaktlari nam yoki chang bo'lsa, foydalanishdan oldin ularni arting va quriting.

- Aks holda bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Quvvat manbaiga ulash shnurini AC adapteriga to'liq kirgizganligingizni tekshiring.

- Agar bo'sh kiritilgan bo'lsa, yomon ulanish yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• LG Electronics, Inc tomonidan ta'minlangan yoki tasdiqlangan quvvat manbaiga ulash shnurlari va AC adapterlaridan foydalanishga ishonch hosil qiling.

- Tasdiqlanmagan mahsulotlardan foydalanish yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Quvvat manbaiga ulash shnurini uzish paytida doimo uni vilkadan torting. Quvvat manbaiga ulash shnurini ortiqcha kuch bilan bukmang.

- Elektr liniyasi shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong‘inga olib kelishi mumkin.

• Quvvat manbaiga ulash shnuri yoki AC adapterini bosmang, yoki uning ustiga og'ir narsalarni (elektron jihozlar, kiyim va hokazo) qo'ymaslikka ehtiyot bo'ling. Quvvat manbaiga ulash shnuri yoki AC adapterini o'tkir narsalar bilan buzmaslikka ehtiyot bo'ling.

- Shikastlangan quvvat manbaiga ulash shnurlari yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Hech qachon quvvat manbaiga ulash shnuri yoki AC adapterini ochmang, ta'mirlamang yoki o'zgartirmang.

- Bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabelini yerga ulangan rozetkaga ulang.

- Elektr toki urishi yoki jarohatlanishingiz mumkin.

• Faqat tavsiya qilingan kuchlanishdan foydalaning.

- Mahsulot shikastlanishi yoki sizni elektr toki urishi mumkin.

• Momaqaldiroq yoki chaqmoq vaqtida elektr tarmog‘iga ulash va signal kabellariga tegmang, chunki ular xavfli bo‘lishi mumkin.

- Bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

• Bitta rozetkaga bir nechta uzaytirish kabellari, elektr jihozlari yoki elektr isitgichlarni ulamang. Faqat kompyuter bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan yerga ulash klemmasi bo‘lgan udliniteldan foydalaning.

- Ortiqcha qizib ketish tufayli yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabeliga nam qo‘llaringiz bilan tegmang. Bundan tashqari vilka simlari nam yoki chang bilan qoplangan bo‘lsa, vilkani to‘liq quriting yoki changlarni artib tashlang.

- Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.

6

• Agar mahsulotdan uzoq vaqt foydalanmoqchi bo‘lmasangiz, elektr tarmog‘iga ulash kabelini rozetkadan uzib qo‘ying.

- Chang bilan qoplanish yong‘inga yoki izolyatsiyaning ochilib qolishi elektr tokining chiqib ketishi, elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Elektr tarmog‘iga ulash kabelining vilkasini rozetkaga to‘liq kiriting.

- Agar elektr tarmog‘iga ulash kabelining vilkasi rozetkaga to‘liq kiritilmagan bo‘lsa, yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Bir uchi devordagi rozetkaga ulangan elektr tarmog‘iga ulash kabelining boshqa uchiga elektr o‘tkazuvchi narsalarni

(metall tayoqchalar singari) kiritmang. Bundan tashqari, devordagi rozetkaga ulagandan keyinoq elektr tarmog‘iga ulash kabeliga tegmang.

- Sizni elektr toki urishi mumkin.

• Juftlash qurilmasidan qurilmani uzish uchun foydalaniladi.

• Qurilma devor rozetkasiga yaqin o‘rnatilganligiga va rozetkaga osongina yetish mumkinligiga ishonch hosil qiling.

• Qurilma devordagi o‘zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan bo‘lsa, qurilma o‘chirilganda ham elektr quvvatidan uzilmaydi.

DIQQAT

• Rozetka, AC adapteri va elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlarini chang va boshqalardan toza saqlang.

- Bu yong'inni keltirib chiqarishi mumkin.

• Mahsulotdan foydalanilayotgan vaqtda elektr tarmog‘idan uzmang.

- Elektr tokining urishi mahsulotni shikastlashi mumkin.

• Faqat ushbu qurilma bilan birga berilgan elektr tarmog‘iga ulash shnuridan foydalaning. Agar siz boshqa elektr shnuridan foydalansangiz, u ta‘minotchi tomonidan berilmagan hollarda, shnur tegishli milliy standartlarga javob berishiga ishonch hosil qiling. Agar elektr tarmog‘iga ulash kabeli qandaydir tarzda shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki vakolatli ta‘mirlash markaziga murojaat qiling.

Mahsulotni tashishdagi ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

• Mahsulotning o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling.

- Sizni elektr toki urishi yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Mahsulotni siljitishdan avval barcha kabellarni ajratib qo‘ying.

- Sizni elektr toki urishi yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Siljitish uchun panelning old tomonini o‘zingizga qarating va uni ikkala qo‘lingiz bilan ushlang. Agar mahsulotni tushirib yuborsangiz, shikastlangan mahsulot elektr toki urishiga yoki yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin. Ta‘mirlash uchun vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

• Mahsulotning o‘chirilganligi, rozetkadan uzilganligi va barcha kabellar ajratilganligiga ishonch hosil qiling. Kattaroq apparatni ko‘tarish uchun 2 yoki undan ko‘proq kishi kerak bo‘lishi mumkin. Apparatning old panelini bosmang yoki unga hech nimani tegizmang.

DIQQAT

• Mahsulotni tashish vaqtida uni silkitmang.

- Sizni elektr toki urishi yoki mahsulot shikastlanishi mumkin.

• Mahsulotning qadoqlash qutisini tashlab yubormang. Undan mahsulotni tashiganda foydalaning.

Mahsulotdan foydalanishdagi ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

• Mahsulotni o‘zingizcha qismlarga ajratmang, ta‘mirlamang yoki o‘zgartirmang.

- Yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishi halokati sodir bo‘lishi mumkin.

- Tekshirish, sozlash yoki ta‘mirlash uchun xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

• Displey uzoq vaqt qarovsiz qoldirilishi kerak bo‘lgan hollarda uni devordagi rozetkadan uzib qo‘ying.

• Mahsulotni suvdan uzoqroq saqlang.

- Yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishi halokati sodir bo‘lishi mumkin.

• Ekranning old va yon tomonlariga metall buyumlar bilan urmang yoki tirnamang.

- Aks holda bu ekranni shikastlashi mumkin.

• Yuqori haroratlar va namlik ta‘sir etishiga yo‘l qo‘ymang.

7

8

DIQQAT

• Mahsulot yaqiniga yonuvchan moddalarni qo‘ymang yoki saqlamang.

- Yonuvchan moddalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish tufayli portlash yoki yong‘in chiqishi xavfi mavjud.

• Mahsulotni tozalaganda elektr tarmog‘iga ulash kabelini rozetkadan uzing va tirnalishlarning oldini olish uchun yumshoq latta bilan yengil arting. Nam latta bilan tozalamang yoki suv hamda boshqa suyuqliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot ustiga sepmang. Elektr toki urishi yuz berishi mumkin. (Benzol, bo‘yoq erituvchilar yoki spirt singari kimyoviy moddalardan foydalanmang)

• Ko‘zlaringizga zarar yetishining oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan dam oling.

• Mahsulotni doimo toza saqlang.

• Mushaklaringiz charchamasligi uchun mahsulot bilan ishlaganda qulay va tabiiy holatda joylashing.

• Mahsulot bilan uzoq vaqt ishlaganda muntazam tanaffuslar qilib turing.

• Panelni qo‘lingiz yoki mix, qalam yoki ruchka kabi o‘tkir narsalar bilan kuchli bosmang yoki uni tirnamang.

• Mahsulot bilan o‘rtangizda tegishli masofa qoldiring.

- Mahsulotga juda yaqindan qarasangiz ko‘rish qobiliyatingiz shikastlanishi mumkin.

• Foydalanuvchi qo‘llanmasiga qaragan holda tegishli piksellar sonini va soatni o‘rnating.

- Ko‘rish qobiliyatingiz buzilishi mumkin.

• Mahsulotni tozalaganda faqat ruxsat berilgan tozalash vositalaridangina foydalaning. (Benzol, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.)

- Mahsulot deformatsiyalanishi mumkin.

• Mahsulotni suv tomchilashi yoki sachrashi ta‘siriga qo‘ymang va vaza, kosa kabi suv to‘ldirilgan buyumlarni mahsulot ustiga yoki uning yuqorisida (masalan, qurilma ustidagi tokchalarga) qo‘ymang.

• Batareyalar ortiqcha issiqlik ta‘siriga qoldirilmasligi kerak. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari, ochiq kaminlar va elektr isitgichlardan uzoqroq saqlang.

• Zaryadlovchi qurilmaga zaryadlanmaydigan batareyalarni joylashtirmang.

• Naushniklardan (garnituralardan) uzoq vaqt foydalanish yoki baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga shikast yetkazishi mumkin.

• Yumshoq lattaga 2 tadan 4 martagacha suv seping va undan old karkasni tozalashda foydalaning; faqat bir yo‘nalishda arting. Haddan tashqari ortiqcha namlik dog‘larni hosil qilishi mumkin.

• Monitor oldida yuqori kuchlanishdan foydalanadigan mahsulotlardan foydalanmang. (mas., hashoratlarga qarshi elektr qurilma)

- Uning elektr toki urishidan monitor no‘to‘g‘ri ishlashi mumkin.

Devorga o‘rnatish

• Bu mahsulotni o‘zingizcha o‘rnatmang, chunki o‘zingizga shikast yoki mahsulotga zarar yetkazishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga murojaat qiling.

LITSENZIYALAR

Qo‘llab-quvvatlanadigan litsenziyalar modelga qarab farq qilishi mumkin. Litsenziyalar to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar olish uchun www.lg.com

saytiga tashrif buyuring.

9

The terms HDMI and HDMI High-Definition Multimedia Interface, and the HDMI Logo are trademarks or registered trademarks of HDMI Licensing LLC in the United States and other countries.

This DivX Certified® device has passed rigorous testing to ensure it plays DivX® video. To play purchased DivX movies, first register your device at vod.divx.com

. Find your registration code in the DivX VOD section of your device setup menu.

DivX Certified® to play DivX® video up to HD 1080p, including premium content.

DivX®, DivX Certified® and associated logos are trademarks of DivX, LLC and are used under license.

Covered by DivX Patents 7,295,673; 7,515,710; RE45,052; and others available at [ www.divx.com/patents ]

Manufactured under license from Dolby Laboratories. Dolby and the double-D symbol are trademarks of Dolby

Laboratories.

10

DTS patentlari haqida ma’lumot: http://patents.dts.com

. DTS Licensing Limited litsenziyasi ostida ishlab chiqarilgan.

DTS, simvol, & DTS va simvol birga, DTS 2.0 Channel, DTS 2.0+Digital Out, DTS-HD va DTS Virtual:X yozuvlari AQSH yoki boshqa davlatlarda DTS, Inc. kompaniyasining ro‘yxatga olingan savdo belgilari yoki savdo belgilaridir. © DTS, Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.

11

YIG‘ISH VA TAYYORLASH

DIQQAT

• Xavfsizlik va mahsulotning ishlashini ta'minlash uchun doim asl nusxali komponentlardan foydalaning.

• Mahsulot kafolati qalbaki komponentlardan foydalanish sababli zarar yoki shikastlanishni qoplamaydi.

ESLATMA

• Mahsulotingiz bilan birga beriladigan aksessuarlar model yoki hududga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin.

• Mahsulot xususiyatlari yoki ushbu qo'llanma mazmuni mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan bildirishlarsiz o'zgartirilishi mumkin.

• SuperSign dasturiy ta‘minoti va qo‘llanmasi

- LG Electronics veb-saytidan yuklab olish.

- LG Electronics veb-saytiga ( http://partner.lge.com

) tashrif buyuring va modelingiz uchun so‘nggi dasturiy ta‘minotni yuklab oling.

• Kafolat mahsulotdan o'ta changli muhitlarda foydalanish tufayli yuzaga kelgan har qanday shikastlanishlarni qamrab olmaydi.

12

Ixtiyoriy aksessuarlar

Mahsulot ishlashining samaradorligini yaxshilash uchun ixtiyoriy aksessuarlar o‘zgartirilishi va yangi aksessuarlar qo‘shilishi mumkin. Ushbu qo'llanmadagi rasmlar haqiqiy mahsulot va aksessuarlardan farq qilishi mumkin.

Media Pleyer to‘plami

Media Pleyer

MP500 / MP700

Vintlar

OPS to’plami

CD (Foydalanuvchi qo‘llanmasi) /

Karta

KT-OPSA Vintlar

Karta (Oson o’rnatish yo’riqnomasi) Elektr manbaiga ulash shnuri

Ulash kabellari

Piksellar sensori to’plami Wi-Fi adapteri to‘plami

KT-SP0 AN-WF500

ESLATMA

• Kabel ushlagichi/kabel tasmasi ayrim hududlarda yoki ayrim modellar uchun mavjud bo‘lmasligi mumkin.

• Ixtiyoriy aksessuarlar ba‘zi bir modellar uchun mavjud. Agar kerak bo‘lsa, iltimos, ularni alohida sotib oling.

• Piksellar sensori alohida sotiladi. Siz boshqa yordamchi qurilmalarni mahalliy chakana savdo do’konidan olishingiz mumkin.

• OPS to’plami yoki Media Pleyerni biriktirishdan avval kabelni portga ulang.

13

14

Qismlar va tugmalar

Modelga bog'liq ravishda tasvir boshqacha bo'lishi mumkin.

Tugmalar

• INPUT : Kirish ma‘lumotlari manbaini o‘zgartiradi.

• MENU : Asosiy menyularga kiradi yoki kiritishingizni saqlaydi, va menyudan chiqadi.

• : Yuqoriga va pastga o‘tkazadi.

• /I: Manbani yoqadi yoki o‘chiradi.

Tashqi Jihozni O’rnatish

Infraqizil Nurlari Qabul Qilgichi

Bu masofadan boshqarish pulti sensorini istalgan joyga o’rnatishga imkon beradi. Keyin o’sha displey boshqa displeylarni

RS-232C kabeli orqali boshqarishi mumkin.

Portret maketi

Portret rejimida o´rnatish uchun qurilmani old tomondan qaraganda soat miliga qarshi yo´nalishda 90 darajaga aylantiring (ekranga qarab turgan holda).

15

O'rnatishdan oldin yon tomonlardan himoya plastik plyonkasini olib tashlash

Mahsulotni o'rnatishdan oldin har bir burchakdan himoya plastik plyonkasi olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

16

Kensington qulfidan foydalanish

(Ushbu xususiyat barcha modellarda ham mavjud emas. )

Kensington xavfsizlik tizimi ulovchisi monitorning orqa tarafida joylashgan. O’rnatish va foydalanish to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun Kensington xavfsizlik tizimi tomonidan taqdim etilgan qo’llanmaga qarang yoki http://www.kensington.com

saytiga tashrif buyuring.

Kensington xavfsizlik tizimi kabelini televizor va stol o’rtasida ulang.

ESLATMA

• Kensington xavfsizlik tizimi ixtiyoriy hisoblanadi. Siz qo’shimcha aksessuarlarni elektrojihozlarni sotuvchi ko’p do’konlardan olishingiz mumkin.

Devorga o‘rnatish

Havo yaxshi aylanib turishi uchun har tomondan va devordan 100 mm masofa qoldiring. O‘rnatish bo‘yicha batafsil ma‘lumotlarni dileringizdan olishingiz mumkin, ixtiyoriy Qiya Devorga o‘rnatish kronshteynini o‘rnatish va O‘rnatish yo‘riqnomasiga qarang.

17

100 mm

100 mm

100 mm

100 mm

100 mm

Monitorni devorga o‘rnatish uchun devorga o‘rnatish kronshteynini (ixtiyoriy) monitorning orqasiga biriktiring.

Devorga o‘rnatish kronshteyni monitor va devorga mustahkam qotirilganligiga ishonch hosil qiling.

1 Faqat VESA standartlariga javob beruvchi vintlar va devorga o‘rnatish kronshteynlaridan foydalaning.

2 Standart uzunlikdan uzunroq bo‘lgan vintlar monitor ichiga shikast yetkazishi mumkin.

3 VESA standartiga to‘g‘ri kelmaydigan vint mahsulotga zarar yetkazishi va monitorning qulashiga sabab bo‘lishi mumkin. LG Electronics standartga javob bermagan vintlardan foydalanishga tegishli bo‘lgan hech qanday baxtsiz hodisa uchun javobgar emas.

4 Iltimos, quyidagi VESA standartidan foydalaning.

• 785 mm va undan ko‘proq

* Mahkamlovchi vintlar: Diametri 8,0 mm x Balandligi 1,25 mm x Uzunligi 14 mm (Maks.: 18 mm)

785 mm

DIQQAT

• Elektr toki urishining oldini olish uchun monitorni ko‘chirish yoki o‘rnatishdan avval quvvat manbaiga ulash shnurini ajrating.

• Agar siz monitorni shiftga yoki qiya devorga o‘rnatsangiz, u tushib ketishi va jiddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

• Vintlarni haddan tashqari qattiq qotirmang, chunki bu monitorga shikast yetkazishi va kafolatlarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

• VESA standartlariga javob beruvchi vintlar va devorga o‘rnatish kronshteynlaridan foydalaning. Noto‘g‘ri foydalanish yoki mos bo‘lmagan aksessuarlardan foydalanish tufayli yetkazilgan har qanday shikastlar yoki jarohatlar kafolat bilan qamrab olinmaydi.

• Agar siz monitorni media player va OPS to'plami bilan birga o'rnatmoqchi bo'lsangiz, kamida 45 mm bo'sh joy qoldiring. Aks holda, halaqit paydo bo'lishi mumkin.

18

Monitorni devorga qotirish (ixtiyoriy)

(Modelga bog’liq ravishda bu tartib farq qilishi mumkin.)

1 Teshikli boltlar yoki kronshteynlarni hamda monitor orqasidagi boltlarni kiriting va qotiring.

- Agar teshikli boltlar joyida boltlar allaqachon kiritilgan bo’lsa, avval boshqa boltlarni olib tashlang.

2 Devorga o‘rnatish kronshteynlarini boltlar bilan devorga o‘rnating. Devorga o’rnatish kronshteyni va mahsulotning orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashgan o’rinlarini moslashtiring.

3 Teshikli boltlar va devorga o’rnatish kronshteynlarini mustahkam shnur bilan ulang. Mahkamlash shnurining pol yuzasi bilan gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.

OGOHLANTIRISH

• Agar monitor yetarli darajada barqaror bo’lmagan joyga o’rnatilsa, uning yiqilib tushish xavfi mavjud bo’ladi. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish bilan ko‘pgina shikastlanishlarning, ayniqsa bolalarning shikastlanishlarini oldini olish mumkin:

- Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan shkaf yoki tayanchlardan foydalanish.

- Faqat monitorni mahkam ushlab turishi mumkin bo’lgan mebellardan foydalanish.

- Monitorning ushlab turuvchi mebel qirrasidan ortiqcha osilib turmaganligiga ishonch hosil qilish.

- Mebel va monitorni turg’un tayanchga anker boltlar bilan qotirmasdan turib mahsulotni baland mebellarga (masalan, shkaf yoki kitob javoni) joylashtirmaslik.

- Monitor va tayanch mebel o’rtasiga kiyimlar yoki boshqa materiallarni joylashtirmaslik.

- Bolalarni monitor va uning ichidagilarga yetishi uchun mebel ustiga sakrab chiqishning xavfli ekanligi to’g’risida ogohlantirish.

DIQQAT

• Bolalarning monitor ustiga chiqmasliklari yoki osilmasliklariga ishonch hosil qiling.

ESLATMA

• Mahsulotni ishonchli tarzda ushlab turish uchun yetarli darajada mustahkam va katta bo’lgan platforma yoki shkafdan foydalaning.

• Kronshteynlar, boltlar va shnurlar alohida sotib olinadi. Siz boshqa yordamchi qurilmalarni mahalliy chakana savdo do’konidan olishingiz mumkin.

• Rasmda o’rnatishning umumiy misoli ko’rsatilgan va asl mahsulotdan farq qilishi mumkin.

19

MASOFADAN BOSHQARISH PULTI

Ushbu qo‘llanmadagi tavsiflar masofadan boshqarish pultidagi tugmalarga asoslangan. Iltimos, ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va monitordan to‘g‘ri foydalaning.

Batareyalarni almashtirish uchun batareyalar bo‘lmasi qopqog‘ini oching, batareyalarni (1,5 V AAA) va uchlari bo‘lma ichidagi yorliqqa mos keladigan tarzda joylashtiring, va batareyalar bo‘lmasi qopqog‘ini yoping.

Batareyalarni olib tashlash uchun o‘rnatish harakatlarini teskari tartibda bajaring. Rasmlar haqiqiy aksessuarlardan farq qilishi mumkin.

DIQQAT

• Eski va yangi batareyalarni aralashtirmang, chunki bu masofadan boshqarish pultini shikastlashi mumkin.

• Masofadan boshqarish pultini monitordagi masofadan boshqarish sensoriga yo‘naltirganligingizga ishonch hosil qiling.

• Masofali boshqaruvning ayrim xususiyatlari ba'zi modellarda qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.

(QUVVAT) Monitorni yoqadi yoki o‘chiradi.

MONITOR ON Monitorni yoqadi.

MONITOR OFF Monitorni o‘chiradi.

Quvvat iste‘molini kamaytirish uchun tasvir ravshanligini sozlaydi.

Kiritish rejimini tanlaydi.

3D 3D videolarni ko'rish uchun foydalaniladi.

1/a/A Raqamlar bilan harflar o‘rtasida o‘tkazadi.

Raqamli va harfli tugmalar

O‘rnatishga bog‘liq ravishda raqamli yoki harfli belgilarni kiriting.

CLEAR Kiritilgan raqam yoki alifboga oid belgini o‘chiradi.

Tovush balandligini ko‘tarish/pasaytirish tugmasi Tovush balandligini sozlaydi.

ARC Aspect Ratio (Nisbat koeffitsiyenti) rejimini tanlaydi.

AUTO Tasvir holatini avtomatik ravishda sozlaydi va tasvir noturg‘unligini kamaytiradi (Faqat RGB kirishi uchun mavjud).

Barcha ovozlarni o‘chiradi.

Displey ravshanligini sozlaydi. PAGE Funksiyasi bu modelda qo‘llabquvvatlanmaydi.

20

PSM Rasm rejimini tanlaydi.

HOME Ishga tushirgichni faollashtiradi.

W.BAL Oq balansi menyusiga kiradi.

SETTINGS Asosiy menyularga kiradi yoki kiritganlaringizni saqlaydi va menyulardan chiqadi.

SuperSign menyusi tugmasi

Yo‘naltiruvchi tugmalar Menyular yoki parametrlar bo‘yicha aylantiradi.

Menyular yoki parametrlarni tanlaydi va siz kiritgan ma‘lumotlarni tasdiqlaydi.

Sizga foydalanuvchi o‘zaro aloqasi funksiyasida bir qadam orqaga o‘tishingizga imkon beradi.

EXIT Barcha Ekran menyusi vazifalari va ilovalaridan chiqaradi.

Sizga multimediadan zavqlanish uchun SimpLink menyusi orqali shunchaki masofadan boshqarish pultidan foydalanib turli multimedia qurilmalarini boshqarishingizga imkon beradi.

TILE TILE (PLITKA) rejimini tanlaydi.

PICTURE ID ON/OFF Tasvirning identifikatsion raqami qurilma identifikatsion raqamiga mos bo’lganda siz o’zingiz hohlagan monitorni multi-displey formatida boshqarishingiz mumkin.

USB Menyusini boshqarish Mediani o‘ynatishni boshqaradi.

21

ULANISHLARNI BAJARISH

Siz monitoringizga turli tashqi qurilmalarni ulashingiz mumkin. Kiritish rejimini o'zgartiring va o'zingiz ulamoqchi bo'lgan tashqi qurilmani tanlang. Tashqi qurilmalarni ulash to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun har bir qurilma bilan birga berilgan foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang.

ShKga ulash

Kabellardan ayrimlari birga berilmaydi. Bu monitor Plug and Play* xususiyatini qo'llab-quvvatlaydi.

* Plug and Play: Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan ulangan qurilmalarni yongan vaqtda qurilmani sozlamasdan turib yoki foydalanuvchining aralashuvisiz tanib olishga imkon beruvchi xususiyat.

Tashqi qurilma ulanishi

Kabellardan ayrimlari birga berilmaydi. HD qabul qilgichi, DVD yoki VCR pleyerni monitorga ulang va tegishli kirish rejimini tanlang.

Eng yaxshi tasvir va ovoz sifatiga erishish uchun tashqi qurilmalarni monitorga HDMI kabellari orqali ulash tavsiya qilinadi.

22

ESLATMA

• Eng yaxshi tasvir sifatiga erishish uchun HDMI ulanishiga ega bo’lgan monitordan foydalanish tavsiya qilinadi.

• Mahsulotning standart spetsifikatsiyasiga mos kelish uchun, DisplayPort kabeli va DVI-D/HDMI kabelining o'zagi ferritdan bo'lgan himoyalangan interfeysli kabeldan foydalanilganligiga ishonch hosil qiling.

• Qurilma sovuq bo‘lgan vaqtda monitorni yoqqaningizda ekran miltillashi mumkin. Bu oddiy holat.

• Ekranda ayrim qizil, yashil yoki ko‘k nuqtalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu oddiy holat.

• Yuqori tezlikdagi HDMI®/ TM kabelidan foydalaning. (3 metrdan kaltaroq)

• HDMI logotipi yopishtirilgan sertifikatlangan kabeldan foydalaning. Agar sertifikatlangan HDMI kabelidan foydalanmasangiz, ekran namoyish qilmasligi yoki ulanish xatoligi yuz berishi mumkin.

• Tavsiya qilingan HDMI kabel turlari

- Yuqori tezlikdagi HDMI®/ TM kabeli

- Internetga ega bo‘lgan Yuqori tezlikdagi HDMI®/ TM kabeli

• Agar siz HDMI rejimida hech qanday tovushni eshita olmasangiz, kompyuteringiz parametrlarini tekshiring. Ayrim kompyuterlar sukut bo‘yicha o‘rnatilgan audio chiqishni qo‘lda HDMI-ga o‘zgartirishni talab qilishi mumkin.

• Agar HDMI-PC rejimidan foydalanishni istasangiz, PC/DTV-ni PC (Kompyuter) rejimiga o‘rnatishingiz kerak.

• Agar siz HDMI-PC rejimidan foydalansangiz, moslik bilan bog’liq muammolarga duch kelishingiz mumkin.

• Elektr tarmog'iga ulash shnurining uzilganligiga ishonch hosil qiling.

• O’yin qurilmasini monitorga ulash uchun o’yin qurilmasi bilan birga berilgan kabeldan foydalaning.

DIQQAT

• Signal kiritish kabelini ulang va vintlarni soat mili yo‘nalishida aylantirish orqali uni qotiring.

• Ekranni barmoqlaringiz bilan uzoq vaqt bosmang, chunki bu ekranning vaqtinchalik buzilishiga olib kelishi mumkin.

• Harakatsiz tasvirlarni ekranda uzoq vaqt namoyish qilmang, bu qoldiq tasvir hosil bo‘lishiga olib keladi. Mumkin bo‘lsa, ekran saqlagichdan foydalaning.

• Monitor yaqinidagi simsiz ulanuvchi qurilma tasvirga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

23

Bir nechta monitorni ulash

Bir-biriga ulangan bir nechta monitordan foydalanish uchun kirish kabelining (DP kabeli) bir uchini bitta monitorning DP

OUT ulash uyachasiga va boshqa uchini boshqa monitorning DP IN ulash uyachasiga ulang.

* DP kabeli: DP 1.1a (SST) yoki undan baland standart bo’yicha sertifikatga ega bo’lgan DP kabelidan foydalaning.

417#+7N#C#63K},

Monitor 1 Monitor 2 Monitor 3 Monitor 4

ESLATMA

• Umumiy holda, agar signal barqaror bo’lsa va kabelda yo’qotish hollari bo’lmasa, DP OUT porti orqali (tavsiya qilingan piksellar sonida) 100 tagacha monitorni ulash mumkin. 100 tadan ortiq monitorni ulash uchun taqsimlagichdan foydalanish tavsiya qilinadi.

• HDMI3/DVI-D/OPS kabellari orqali plitka rejimi sozlangan hollarda HDCP-kodlangan kontentni namoyish qilib bo’lmaydi.

• Agar mahsulotni kompyuteringizga ulovchi signal kabeli haddan tashqari uzun bo’lsa, albatta kuchaytirgich yoki optik kabeldan foydalaning.

• HDMI1/2 kirishlari ketma-ket ulangan monirtorlarni qo’llab-quvvatlamaydi.

24

Kiritish ro‘yxatidan foydalanish

HOME

• HDMI1 • HDMI2 • OPS/HDMI3/DVI-D • DISPLAYPORT

NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH

Tasvir ko'rsatilmayapti.

Muammo

Mahsulotning elektr manbaiga ulash kabeli ulanganmi?

"Invalid Format" (Noto‘g‘ri format) xabari namoyish qilinmoqdami?

"No signal" (Signal yo‘q) xabari namoyish qilinmoqdami?

Harakat

• Quvvat manbaiga ulash shnurining rozetkaga to'g'ri ulanganligini tekshiring.

• Kompyuterdan (videokartadan) keluvchi signal mahsulotning vertikal yoki gorizontal chastotasi diapazonidan tashqarida. Ushbu qo‘llanmadagi Texnik xususiyatlari bo‘limiga qaragan holda chastota diapazonini sozlang.

• ShK bilan mahsulot o‘rtasidagi signal kabeli ulanmagan. Signal kabelini tekshiring.

• Kirish signalini tekshirish uchun masofadan boshqarish pultidagi INPUT tugmasini bosing.

25

Mahsulot ulanganda "Unknown Product" (Noma‘lum mahsulot) xabari paydo bo‘ladi.

Muammo

Drayverni o‘rnatganmisiz?

Harakat

• Videokarta foydalanuvchi qo'llanmasiga qaragan holda Plug and Play qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.

Ekrandagi tasvir g‘alati ko‘rinmoqda.

Muammo

Ekran holati noto‘g‘rimi?

Ekran g‘alati namoyish qilinmoqda.

Kompyuter BIOS sozlash ekrani to‘g‘ri ko‘rsatilmayapti.

Harakat

• Videokarta tasvir aniqligi va chastotasining mahsulot tomonidan qo'llab-quvvatlanishini tekshiring. Agar chastota diapazondan tashqarida bo'lsa, Boshqaruv panelining "Displey" sozlanmasi menyusida tavsiya qilingan chastotani o'rnating.

• Signal portiga to‘g‘ri kiritish signali ulanmagan. Manba kiritish signaliga mos keluvchi signal kabelini ulang.

• Ayrim kompyuterlarda BIOS sozlash ekrani to‘g‘ri ko‘rinmasligi mumkin, chunki grafik karta drayveri sozlanmasa, 58:9 tomonlar nisbati qo‘llabquvvatlanmaydi. Bu mahsulotning muammosi emas; bu grafik kartaning BIOS sozlash ekranidagi tomonlar nisbatiga oid muammodir.

Kompyuter BIOS sozlash ekraniga kirish uchun oddiy tomonlar nisbatili

(4:3 yoki 16:9) monitorni ulab, BIOS sozlashni amalga oshiring.

26

Mahsulotda qoldiq tasvir hosil bo'ladi.

Muammo

Mahsulot o'chirilganda qoldiq tasvir paydo bo'ladi.

Harakat

• Agar siz harakatsiz tasvirlardan uzoq vaqt foydalansangiz, piksellar shikastlanishi mumkin. Ekran saqlagichi funksiyasidan foydalaning.

• Yuqori kontrastli (oq-qora yoki kulrang) tasvirdan keyin qora tasvir namoyish qilinganda bu qoldiq tasvirga olib kelishi mumkin. LCD ekrani mahsulotlari uchun bu oddiy holat.

Audio funksiyasi ishlamaydi.

Tovush yo‘qmi?

Muammo

Tovush haddan tashqari o‘tmas.

Ovoz haddan tashqari past.

Harakat

• Audio kabelining to‘g‘ri ulanganligini tekshiring.

• Ovoz balandligi darajasini sozlang.

• Tovushning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshiring.

• Mos ekvalayzer ovozini tanlang.

• Ovoz balandligi darajasini sozlang.

Ekran rangi g'alati.

Muammo Harakat

Ekranning rang aniqligi past (16 ta rang).

• Ekran ranglari sonini 24 bitdan ko‘proqqa (haqiqiy ranglar) o‘rnating.

Windows-da Boshqaruv paneli - Displey - Parametrlar - Ranglar jadvali menyusini tanlangan rang aniqligi past (16 ta rang).

Ekran rangi barqaror emas yoki bitta rangda.

Ekranda qora nuqtalar paydo bo'ldimi?

• Signal kabelining ulanish holatini tekshiring. Yoki ShK videokartasini qaytadan kiriting.

Ekranda bir nechta piksellar (qizil, yashil, oq yoki qora rangdagi) paydo bo‘lishi mumkin, buni LCD panelining o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Bu LCD-ning noto'g'ri ishlashi emas.

Ishlatish oddiy holda bormayapti.

Muammo

Quvvat to‘satdan o‘chirildi.

Harakat

• Timers (Taymer) o'rnatilganmi?

• Quvvat boshqaruvi parametrlarini tekshiring. Elektr ta‘minoti uzilgan.

27

DIQQAT

• Doimiy o’zgarib turuvchi tasvirlardan foydalanganda qoldiq tasvir hosil bo’lmaydi, biroq harakatsiz tasvirdan uzoq vaqt foydalanganda qoldiq tasvir hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham harakatsiz tasvirlardan foydalanganda qoldiq tasvir hosil bo’lish ehtimolligini kamaytirish uchun quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishingiz tavsiya qilinadi. Ekranni minimum har 12 soatda kamida bir marta o’zgartirish tavsiya qilinadi; agar bu ko’proq bajarilsa, qoldiq tasvirning oldini olish samaraliroq bo’ladi.

Tavsiya qilingan ishlatish sharoitlari

1 Bir xil vaqt oralig’idan foydalangan holda fon va belgilar ranglarini o’zgartiring.

ID: UPM 123

PW: ****

ID: UPM 123

PW: ****

Ranglarni o’zgartirganda qo’shimcha ranglardan foydalanish qoldiq tasvirning oldini olishga yordam beradi.

CF

BM

CF

Glass

BM

OC

PI

LC

PI

TFT Layers

Glass

CF

BM

CF

ITO yoki MoTi Pixel Layer

2 Bir xil vaqt oralig’idan foydalangan holda tasvirni o’zgartiring.

PW : ******

I D : UPM123

PW : ******

Belgilar yoki tasvirlarning tasvirni o’zgartirgandan so’ng tasvir o’zgartirmasdan avvalgi joyini o’zgartirmaganligiga ishonch hosil qiling.

Qoldiq tasvir nima?

LCD panel qo’zg’almas tasvirni uzoq vaqt namoyish qilsa, bu suyuq kristallarda ishlovchi elektrodlar o’rtasidagi kuchlanish farqining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan elektrodlar o’rtasida kuchlanishlar farqi vujudga kelganda suyuq kristallarda bitta yo’nalishdagi bitta chiziqda qolishga moyillik mavjud bo’ladi. Bu jarayon davomida avval namoyish qilingan tasvirlar ko’ringan holda qoladi. Bu hodisa “qoldiq tasvir” deb nomlanadi.

28

MAHSULOT TEXNIK XUSUSIYATLARI

Quyida ko’rsatilgan mahsulot xususiyatlari mahsulot funktsiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan bildirishlarsiz o’zgartirilishi mumkin.

LCD ekran Ekran turi

Video signal

Kirish / Chiqish portlari

Maksimal tasvir aniqligi

Tavsiya qilingan piksellar soni

Gorizontal chastota

Vertikal chastota

Sinxronlashtirish

Ichki qurilgan batareya

Atrof-muhit sharoitlari Ishlatish harorati

Audio

Ishlatish namligi

Saqlash harorati

Saqlash namligi

Kirish sezgirligi

Thin Film Transistor (TFT)

LCD (Liquid Crystal Display - Suyuq Kristalli Displey) ekran

HDMI1 / HDMI2: 3840 x 2160 @ 60 Gts

HDMI3 / DisplayPort: 3840 x 2160 @ 30 Gts

OPS: 3840 x 600 @ 60 Gts

DVI-D: 1920 x 1080 @ 60 Gts

- Bu ayrim operatsion tizimlar yoki videokarta turlarida qo'llabquvvatlanmasligi mumkin.

HDMI1,2,3 / DisplayPort / OPS: 3840 x 600 @ 60 Gts

DVI-D: 1920 x 300 @ 59 Gts

- Bu ayrim operatsion tizimlar yoki videokarta turlarida qo'llabquvvatlanmasligi mumkin.

HDMI / DVI-D / DisplayPort / OPS: 28,1 kGts dan 136 kGts gacha

HDMI / DVI-D / DisplayPort / OPS: 50 Gts dan 62 Gts gacha

Alohida sinxronlashtirish, Raqamli

SD, USB 2.0 IN, USB 3.0 IN, LAN IN/OUT, DP IN/OUT, DVI-D IN,

IR&LIGHT SENSOR, PIXEL SENSOR, HDMI(1) IN, HDMI(2) IN,

HDMI(3) IN, RS-232C IN/OUT, AUDIO IN/OUT

Bor

0 °C dan 40 °C gacha

10 % dan 80 % gacha

-20 °C dan 60 °C gacha

5 % dan 85 % gacha

0,7 Vrms

“ " o‘zgaruvchan tokni anglatadi (AC) va " " o‘zgarmas tokni anglatadi (DC).

LCD ekran

Quvvat

O‘lchamlari (Eni x Bo‘yi x Chuqurligi) / Og‘irligi

LCD ekran

Quvvat

O‘lchamlari (Eni x Bo‘yi x Chuqurligi) / Og‘irligi

Piksel balandligi

Tegishli kuchlanish

Quvvat iste'moli

Bosh

Piksel balandligi

Tegishli kuchlanish

Quvvat iste'moli

Bosh

86BH5C

0,5595 mm (H) x 0,5595 mm (V)

AC 100-240 V ~ 50/60 Gts 2,4 A

Rejimda: 180 Vt (Tur.)

Uyqu rejimi (DVI-D, HDMI1/2/3): ≤ 30 Vt

Uyqu rejimi (DisplayPort): ≤ 1,0 Vt

O'chirilgan rejimda: ≤ 0.5 Vt

2158,3 mm x 348,5 mm x 81,7 mm / 20,5 kg

86BH7C

0,5595 mm (H) x 0,5595 mm (V)

AC 100-240 V ~ 50/60 Gts 2,7 A

Rejimda: 215 Vt (Tur.)

Uyqu rejimi (DVI-D, HDMI1/2/3): ≤ 30 Vt

Uyqu rejimi (DisplayPort): ≤ 1,0 Vt

O'chirilgan rejimda: ≤ 0.5 Vt

2158,3 mm x 348,5 mm x 81,7 mm / 20,5 kg

29

30

HDMI1,2,3 / DVI-D / DisplayPort / OPS (PC)-ni qo‘llab-quvvatlash rejimi

Piksellar soni

800 x 600

1024 x 768

1280 x 720

1280 x 1024

1920 x 1080

1920 x 300

3840 x 600

Gorizontal chastota

(kGts)

37,879

48,363

44,772

63,981

67,5

18,750

37,398

Vertikal chastota (Gts)

60,317

60

59,855

60,02

60

58,777

59,933

Izoh

DVI-D

HDMI1,2,3 / DisplayPort

/ OPS

HDMI1,2,3 / DisplayPort (DTV)-ni qo‘llab-quvvatlash rejimi

Piksellar soni

480/60p

576/50p

720/50p

720/60p

1080/50i

1080/60i

1080/50p

1080/60p

1080/60p

2160/30p

2160/50p

2160/60p

Gorizontal chastota

(kGts)

31,5

31,25

37,5

45

28,1

33,75

56,25

67,432

67,5

67,5

112,5

135

Vertikal chastota (Gts)

50

60

50

59,94

60

60

50

50

60

30

50

60

Izoh

HDMI1,2,3 / DisplayPort

HDMI1,2

HDMI1,2

31

Multi-ekran (PC) qo’llab-quvvatlash rejimi

Piksellar soni

1920 x 1080

1920 x 600

1280 x 600

960 x 600

Gorizontal chastota

(kGts)

67,5

37,4

37,35

37,4

Vertikal chastota (Gts)

60

59,93

59,85

59,93

Izoh

Ikki ekranli bo’lingan ekran uchun tavsiya qilingan tasvir aniqligi

Uch ekranli bo’lingan ekran uchun tavsiya qilingan tasvir aniqligi

To’rt ekranli bo’lingan ekran uchun tavsiya qilingan tasvir aniqligi

Multi-ekran (DTV) qo’llab-quvvatlash rejimi

Piksellar soni

1080/60p

1080/50p

720/60p

720/50p

Gorizontal chastota

(kGts)

67,432

56,25

45

37,5

Vertikal chastota (Gts)

59,94

50

60

50

Izoh

HDTV 1080P 60Hz

HDTV 1080P 50Hz

HDTV 720P

HDTV 720P

ESLATMA

• HDMI / DVI-D / DisplayPort kirish rejimlaridagi Kiruvchi signalni belgilash opsiyasi uchun mavjud bo’lgan kompyuterdagi piksellar soni: 640 x 480/60 Gz, 1280 x 720/60 Gz, 1920 x 1080/60 Gz, 3840 x 2160/60 Gz;

480p, 720p,1080p va 2160p DTV piksellar soni.

• Vertikal chastota: Mahsulot fluoresent chiroq kabi ekrandagi tasvirni har soniya o‘nlab marta o‘zgartirish orqali funksiyalarni namoyish qiladi. Vertikal chastota yoki yangilash tezligi, - har soniyada namoyish qilinadigan tasvirlar sonidir. O‘lchov birligi: Gts.

• Gorizontal chastota: Gorizontal oraliq bu bitta gorizontal chiziqni namoyish qilish uchun ketadigan vaqtdir. 1 gorizontal oraliqqa bo‘linganda har soniyada namoyish qilingan gorizontal chiziqlar soni gorizontal chastota sifatida qaralishi mumkin. O‘lchov birligi: kGts.

• Tavsiya qilingan 3840 x 600 piksellar soni uchun UHD (3840 x 2160) ga mos bo’lgan videokartadan foydalaning.

• Tavsiya qilingan piksellar sonini (3840 x 600) qo’llab-quvvatlamaydigan videokartadan foydalanganda, buning o’rniga

1920 x 300 yoki 1920 x 1080 ga teng piksellar sonidan foydalanish mumkin.

• Ayrim videokartalar 3840 x 600 piksellar sonini qo’llab-quvvatlamasligi mumkin.

• Multi-screen (Multi-ekran) rejimida piksellar soni ekranga mos bo’lishi uchun o’zgaradi.

Mahsulotdan foydalanishdan avval Xavfsizlik ehtiyot choralarini albatta o'qib chiqing.

Qurilmaning model va seriya raqamlari qurilmaning orqa paneli va yon tomonida joylashgan. Xizmat ko'rsatish zarur bo'lgan hollar uchun uni yozib qo'ying.

OGOHLANTIRISH -ushbu uskuna CISPR 32 A sinfiga mos keladi. Yashash sharoitida bu qurilma radio to‘lqinlarga to‘siq bo‘lishi mumkin.

MODELI

SERIYA RAQAMI

Ushbu qurilmani YOQQANDA yoki O'CHIRGANDA vaqtinchalik shovqin chiqishi oddiy holat hisoblanadi.

advertisement

Key Features

  • Digital signage flat panel Black
  • 2.18 m (86") 3840 x 600 pixels IPS, LED 500 cd/m²
  • 8 ms
  • Ethernet LAN

Related manuals