YIG‘ISH VA TAYYORLASH. LG 49VM5C-A, 49VH7C-B


Add to my manuals
35 Pages

advertisement

YIG‘ISH VA TAYYORLASH. LG 49VM5C-A, 49VH7C-B | Manualzz

YIG‘ISH VA TAYYORLASH

DIQQAT

• Xavfsizlik va mahsulotning ishlashini ta'minlash uchun doim asl nusxali komponentlardan foydalaning.

• Mahsulot kafolati qalbaki komponentlardan foydalanish sababli zarar yoki shikastlanishni qoplamaydi.

ESLATMA

• Mahsulotingiz bilan birga beriladigan aksessuarlar model yoki hududga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin.

• Mahsulot xususiyatlari yoki ushbu qo'llanma mazmuni mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan bildirishlarsiz o'zgartirilishi mumkin.

• Kafolat mahsulotdan o'ta changli muhitlarda foydalanish tufayli yuzaga kelgan har qanday shikastlanishlarni qamrab olmaydi.

11

12

Ixtiyoriy aksessuarlar

Mahsulot ishlashining samaradorligini yaxshilash uchun ixtiyoriy aksessuarlar o‘zgartirilishi va yangi aksessuarlar qo‘shilishi mumkin. Ushbu qo'llanmadagi rasmlar haqiqiy mahsulot va aksessuarlardan farq qilishi mumkin.

Wi-Fi adapteri to‘plami

AN-WF500

OPS to’plami

KT-OPSA

Vintlar

(Diametri 3,0 mm x Uzunligi 8,0 mm)

Vintlar

(Diametri 3,0 mm x Uzunligi 8,0 mm)

Ulash kabellari Karta (Oson o’rnatish yo’riqnomasi) Elektr manbaiga ulash shnuri

ESLATMA

• Ixtiyoriy aksessuarlar ba‘zi bir modellar uchun mavjud. Agar kerak bo‘lsa, iltimos, ularni alohida sotib oling.

• OPS to’plami yoki Media Pleyerni biriktirishdan avval kabelni portga ulang.

• Wi-Fi adapter to'plamini ulash yoki olib qo'yishdan oldin quvvatni o'chiring.

Qismlar va tugmalar

Modelga bog'liq ravishda tasvir boshqacha bo'lishi mumkin.

13

Tugmalar

: Kirish ma‘lumotlari manbaini o‘zgartiradi.

: Asosiy menyularga kiradi yoki kiritishingizni saqlaydi, va menyudan chiqadi.

: Yuqoriga va pastga o‘tkazadi.

: Chapga va o‘ngga o‘zgartiradi.

: Joriy signal va rejimni namoyish qiladi.

: Manbani yoqadi yoki o‘chiradi.

14

Portret maketi

Portret maketida o'rnatganda monitorni soat mili yo'nalishida 90 darajaga aylantiring (ekranga qarab turgan holda).

O‘rnatishdan avval kronshteynlarni olib tashlang

Mahsulotni o‘rnatishdan avval har bir burchakdan himoya yostiqchalarining olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

ESLATMA

• Olib tashlangan himoya yostiqchalarini saqlab qo‘ying va keyinchalik mahsulotni ko‘chirishda ulardan foydalaning.

PANELNI HIMOYA QILISH UCHUN SAQLASH USULI

To‘g‘ri usul

1 Agar mahsulotni tik holatda o‘rnatish zarur bo‘lsa, mahsulotning har ikkala tomonidan ushlang va orqaga ehtiyotlik bilan qiyshaytiring. Panelning polga tegishiga yo‘l qo‘ymang.

15

Panel

2 Mahsulotni yotqizganda tekis polga yostiqcha soling. Uning ustiga mahsulotni uning panelini pastga qaratgan holda joylashtiring.

Panel

Yostiqcha

3 Agar yostiq mavjud bo‘lmasa, polning toza ekanligiga ishonch hosil qiling va keyin uning panelini pastga yoki tepaga qaratgan holda mahsulotni ehtiyotlik bilan yotqizing. Bu vaqtda biror bir buyumning panel ustiga tushib ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.

Panel

16

Noto‘g‘ri usul

1 Agar mahsulot uyachasida qiyshayib qolgan bo‘lsa, panelning tag qismi shikastlangan bo‘lishi mumkin.

Panel

2 Agar mahsulot panelning qirrasiga qiyshayib qolgan bo‘lsa, panel shikastlangan bo‘lishi mumkin.

Panel

Devorga o‘rnatish

Monitorni devorga o‘rnatish uchun (ixtiyoriy) uni biriktirgani aksessuar sifatida birga berilgan VESA vintlaridan foydalaning.

Monitorni devordan kamida 200 mm masofada o‘rnating va yetarli darajada havo aylanishini ta’minlash uchun monitorning har bir tomonida kamida 100 mm bo‘sh joy qoldiring.

VESA standartiga mos keluvchi devorga o‘rnatish plitasi va vintlardan foydalaning.

100 mm

200 mm

100 mm 100 mm

17

100 mm

DIQQAT

• Elektr toki urishining oldini olish uchun monitorni ko‘chirish yoki o‘rnatishdan avval quvvat manbaiga ulash shnurini ajrating.

• Agar siz monitorni shiftga yoki qiya devorga o‘rnatsangiz, u tushib ketishi va jiddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Ruxsat berilgan LG devorga o‘rnatish qurilmasidan foydalaning va o‘rnatishda yordam berish uchun mahalliy dilerga yoki malakali texnik xodimlarga murojaat qiling.

• Vintlarni haddan tashqari qattiq qotirmang, chunki bu monitorga shikast yetkazishi va kafolatlarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

• VESA standartlariga javob beruvchi vintlar va devorga o‘rnatish kronshteynlaridan foydalaning. Noto‘g‘ri foydalanish yoki mos bo‘lmagan aksessuarlardan foydalanish tufayli yetkazilgan har qanday shikastlar yoki jarohatlar kafolat bilan qamrab olinmaydi.

ESLATMA

• Mahsulotni ventilyatsiya bo‘lmagan joylar (masalan, kitob javoni yoki devor shkafiga) yoki gilam, yoki yostiqchaga o‘rnatmang. Agar mahsulotni devorga o‘rnatishdan boshqa variant bo‘lmasa, o‘rnatishdan avval yetarlicha havo aylanishi bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qiling.

- Bunday qilmaslik ichki haroratning ko‘tarilishi tufayli yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

• Rasmda o’rnatishning umumiy misoli ko’rsatilgan va asl mahsulotdan farq qilishi mumkin.

18

Monitorni devorga qotirish (ixtiyoriy)

(Modelga bog’liq ravishda bu tartib farq qilishi mumkin.)

1 Teshikli boltlar yoki kronshteynlarni hamda monitor orqasidagi boltlarni kiriting va qotiring.

- Agar teshikli boltlar joyida boltlar allaqachon kiritilgan bo’lsa, avval boshqa boltlarni olib tashlang.

2 Devorga o‘rnatish kronshteynlarini boltlar bilan devorga o‘rnating. Devorga o’rnatish kronshteyni va mahsulotning orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashgan o’rinlarini moslashtiring.

3 Teshikli boltlar va devorga o’rnatish kronshteynlarini mustahkam shnur bilan ulang.

Mahkamlash shnurining pol yuzasi bilan gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.

OGOHLANTIRISH

• Agar monitor yetarli darajada barqaror bo’lmagan joyga o’rnatilsa, uning yiqilib tushish xavfi mavjud bo’ladi. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish bilan ko‘pgina shikastlanishlarning, ayniqsa bolalarning shikastlanishlarini oldini olish mumkin:

- Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan shkaf yoki tayanchlardan foydalanish.

- Faqat monitorni mahkam ushlab turishi mumkin bo’lgan mebellardan foydalanish.

- Monitorning ushlab turuvchi mebel qirrasidan ortiqcha osilib turmaganligiga ishonch hosil qilish.

- Mebel va monitorni turg’un tayanchga anker boltlar bilan qotirmasdan turib mahsulotni baland mebellarga (masalan, shkaf yoki kitob javoni) joylashtirmaslik.

- Monitor va tayanch mebel o’rtasiga kiyimlar yoki boshqa materiallarni joylashtirmaslik.

- Bolalarni monitor va uning ichidagilarga yetishi uchun mebel ustiga sakrab chiqishning xavfli ekanligi to’g’risida ogohlantirish.

DIQQAT

• Bolalarning monitor ustiga chiqmasliklari yoki osilmasliklariga ishonch hosil qiling.

ESLATMA

• Mahsulotni ishonchli tarzda ushlab turish uchun yetarli darajada mustahkam va katta bo’lgan platforma yoki shkafdan foydalaning.

• Kronshteynlar, boltlar va shnurlar alohida sotib olinadi. Siz boshqa yordamchi qurilmalarni mahalliy chakana savdo do’konidan olishingiz mumkin.

• Rasmda o’rnatishning umumiy misoli ko’rsatilgan va asl mahsulotdan farq qilishi mumkin.

19

TASHQI JIHOZNI O’RNATISH

IQ QABUL QILGICHI

Bu masofadan boshqarish pulti sensorini istalgan joyga o'rnatishga imkon beradi. Keyin o'sha displey boshqa displeylarni

RS-232C kabeli orqali boshqarishi mumkin.

Plitkali displeylar

Qurilmani o‘rnatish usuli

2 x 2 ta plitkaga misol

VESA devorga o‘rnatish moslamasini biriktirish uchun vintlardan foydalangan holda qurilmani devorga o‘rnatish plitkasi yoki devorga o‘rnating.

VESA devorga o‘rnatish moslamasini biriktirish uchun vintlar (M6)

600

20

Qurilmalarni birlashtirish usuli

• Qo‘shimcha to‘plamlarni o‘rnatishdan oldin himoya qoplamasini mahsulot ustiga yoying.

1 VESA devorga o‘rnatish moslamasini mahkamlash uchun vintlardan yuqorida ko‘rsatilgani kabi foydalangan holda boshqa qurilmalarni birlashtiring.

Boshqa qurilmalarga 4 ta birlashtirilganni o‘rnating

(2 x 2 ta plitka)

2 Mozaykalash yo‘riqnomasi yordamida to‘plamlar orasidagi bo‘shliqni sozlang va himoya qoplamasini olib tashlang.

(M4 x L6)

3 Endi 2 x 2 plitkalash tugallandi. Siz turlicha kombinatsiyalarda, masalan, 3 x 3 kabi plitkalashingiz mumkin.

DIQQAT

• Qo‘shimcha to‘plamni o‘rnatishdan oldin himoya qoplamasini yoyishdagi xatolik panel zararlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

ESLATMA

• Har bir qurilmaga tushadigan yuklanish VESA devorga o‘rnatish moslamasidan (600 x 400) foydalangan holda devorga o‘rnatish plitkasi yoki devor tomonidan ushlab turilishi kerak.

• Har bir qurilmaga tushadigan yuklanish VESA devorga o‘rnatish moslamasidan foydalangan holda devorga o‘rnatish plitkasi tomonidan ushlab turilishi kerak. (Har bir qurilma devorga o‘rnatish plitkasi yoki devorga mustahkam mahkamlanishi kerak.)

• Siz qurilmani plitkalash yo‘riqnomasidan foydalanmasdan o‘rnatishingiz mumkin; bu qurilmaning ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

• Vintlar qutidagi boshqa komponentlar, jumladan, plitkalash yo‘riqnomalari bilan yopilgan holda bo‘ladi.

21

advertisement

Was this manual useful for you? Yes No
Thank you for your participation!

* Your assessment is very important for improving the workof artificial intelligence, which forms the content of this project

Key Features

  • 124.5 cm (49") LCD
  • 1920 x 1080 pixels Full HD
  • 500 cd/m² 1300:1
  • Indoor Black
  • VESA mounting 600 x 400 mm
  • Ethernet LAN USB port
  • 120 W

Related manuals